BAA rasmiylari Toncoin steyking orqali “Oltin viza” olish mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi
Bayonotda ta’kidlanishicha, TON kriptovalyutasi Dubayda litsenziyaga ega emas
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)ning federal va mahalliy idoralari Toncoin kriptovalyutasi orqali mamlakatning “Oltin viza”sini olish mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni inkor erdi.
Dushanba kuni bir nechta tartibga soluvchi organlar — Jumladan, Shaxsni identifikatsiyalash, fuqarolik, bojxona va portlar xavfsizligi bo‘yicha Federal boshqarma (ICP), Qimmatli qog‘ozlar va tovar bozori bo‘yicha boshqarma (SCA), shuningdek, Dubayning raqamli aktivlar bo‘yicha regulyatori — Virtual Assets Regulatory Authority (VARA) — bu kabi sxemalar hukumat tomonidan tasdiqlанmaganini ma’lum qildi.
VARA bayonotida alohida ta’kidlanishicha, TON kriptovalyutasi Dubayda litsenziyaga ega emas va ushbu hududda tartibga solinmaydi. Shunday ekan, raqamli aktivlar steykingi orqali uzoq muddatli rezidentlik maqomini olish mumkinligi haqidagi bayonotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan dam olish kunlari TON Foundation’нинг bosh direktori Maks Kraun ushbu loyihaning ishga tushirilganini e’lon qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, investorlar ma’lum miqdordagi Toncoin’ni steyk qilish evaziga BAAning uzoq muddatli rezidentlik vizasini olishlari mumkin.
Biroq BAA rasmiylari ta’kidlaydiki, “Oltin viza” dasturlari faqat amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladi va bu kabi kriptoaktivlar ishtiroki regulyatorlarning oldindan roziligisiz qat’iyan man etiladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ