TBC Uzbekistan biznes uchun to‘liq raqamli ish haqi loyihasini ishga tushirdi

Endilikda tadbirkorlar ish haqi loyihasini bankka bormasdan ulashi va xodimlarga maoshni 24/7 rejimida komissiyasiz o‘tkazishi mumkin

TBC Uzbekistan biznes uchun to‘liq raqamli ish haqi loyihasini ishga tushirdi

TBC Uzbekistan kichik va o‘rta biznes vakillari uchun mo‘ljallangan TBC Biznes platformasida yangi ish haqi loyihasi xizmatini ishga tushirdi. Kompaniya Kapital.uz’ga ma’lum qilishicha, xizmat O‘zbekistondagi ilk to‘liq raqamli ish haqi loyihalaridan biri hisoblanadi.

Yangi xizmat orqali tadbirkorlar ish haqi loyihasini bank filialiga bormasdan, masofadan turib ulashlari mumkin. Loyiha faollashtirilgach, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar TBC Biznes platformasi orqali barcha xodimlarining ish haqini TBC Salom kartalariga bir vaqtning o‘zida o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

TBC Uzbekistan bosh direktori Nika Kurdianining ta’kidlashicha, yangi yechim kichik va o‘rta biznesning kundalik moliyaviy jarayonlarini soddalashtirish hamda avtomatlashtirishga qaratilgan.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ish haqi loyihasining asosiy afzalliklari qatoriga to‘liq onlayn ulanish, ish haqi to‘lovlari uchun komissiyaning mavjud emasligi hamda mablag‘larni dam olish va bayram kunlari ham istalgan vaqtda o‘tkazish imkoniyati kiradi.

Shuningdek, ish haqi xodimlar kartalariga bir zumda tushadi. Bu esa buxgalteriya jarayonlarini yengillashtirib, qo‘lda bajariladigan amallar sonini qisqartiradi.

Ish haqi loyihasiga ulangan kompaniyalar xodimlari TBC Salom kartasini bankka tashrif buyurmasdan rasmiylashtirish va kartaning bonus dasturlaridan foydalanishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, TBC Biznes platformasi 2024-yil dekabr oyida ishga tushirilgan bo‘lib, hozirga qadar unga 30 mingdan ortiq tadbirkor ulangan. 2025-yilda platformada 300 mln so‘mgacha bo‘lgan onlayn biznes kreditlari joriy etilgan, 2026-yilda esa mobil ilova ishga tushirilib, kredit limiti 600 mln so‘mgacha oshirilgan.

TBC Uzbekistan so‘nggi yillarda TBC Osmon kredit kartasi, TBC Sug‘urta raqamli sug‘urta kompaniyasi va kichik biznes uchun onlayn kreditlash xizmatlarini ham ishga tushirgan. Kompaniya ushbu mahsulotlar yagona raqamli moliyaviy ekotizimni shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida Biznes kengashi tashkil etiladi
/
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida Biznes kengashi tashkil etiladi
1-iyulda mudofaa tizimi xodimlarining ish haqi 20% ga oshiriladi
/
1-iyulda mudofaa tizimi xodimlarining ish haqi 20% ga oshiriladi
Toshkentda uy-joy ijara narxi o‘rtacha $550 ga yetdi
/
Toshkentda uy-joy ijara narxi o‘rtacha $550 ga yetdi