O‘zbekiston Tojikistonga oyiga 20 ming tonnagacha yoqilg‘i yetkazib berishi mumkin

Rossiyadan yetkazib berish qisqargani fonida Tojikiston qo‘shni davlatlardan yoqilg‘i xaridini keskin oshirdi

O‘zbekiston Tojikistonga oyiga 20 ming tonnagacha yoqilg‘i yetkazib berishi mumkin

Tojikiston Rossiyadan yoqilg‘i yetkazib berish hajmi qisqargani sabab qo‘shni davlatlardan importni sezilarli darajada oshirdi. Mamlakat O‘zbekiston bilan oyiga 20 ming tonnagacha yoqilg‘i yetkazib berish imkoniyati bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda The Moscow Times xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyida Tojikiston Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘istondan import qilgan motor yoqilg‘isi hajmini iyunga nisbatan uch baravar oshirib, 34 ming tonnaga yetkazgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodlariga dronlar hujumlari ortidan yoqilg‘i taqchilligi yuzaga kelgani oqibatida eksport hajmi kamaygan. Shu sabab Tojikiston qo‘shni davlatlardan xaridlarni keskin ko‘paytirgan.

Xususan, iyul oyida qo‘shni davlatlardan benzin importi 8,4 ming tonnadan 13,8 ming tonnagacha, dizel yoqilg‘isi 2,45 ming tonnadan 17,6 ming tonnagacha, aviatsiya kerosini esa 316 tonnadan 2,5 ming tonnagacha oshgan.

Avvalroq Qirg‘iziston hukumati ham O‘zbekiston bilan oyiga 20 ming tonnagacha yoqilg‘i yetkazib berish imkoniyati yuzasidan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgandi. Bu O‘zbekistonning mintaqadagi yoqilg‘i ta’minotidagi rolini kuchaytirishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida Tojikiston jami 922 ming tonna neft mahsulotini import qilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11% ga ko‘p.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Raqobat qo‘mitasi 5,7 mlrd so‘mlik seysmodatchiklar tenderi yuzasidan ish qo‘zg‘atdi
/
Raqobat qo‘mitasi 5,7 mlrd so‘mlik seysmodatchiklar tenderi yuzasidan ish qo‘zg‘atdi
O‘zbekistondan Rossiyaga ishlash uchun kiruvchilar soni 13%ga kamaydi
/
O‘zbekistondan Rossiyaga ishlash uchun kiruvchilar soni 13%ga kamaydi
O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari iyulda qariyb 1% arzonlashdi
/
O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari iyulda qariyb 1% arzonlashdi