Qirg‘iziston O‘zbekistondan oyiga 20 ming tonnagacha yoqilg‘i import qilishni rejalashtirmoqda

Bishkek yoqilg‘i ta’minotini diversifikatsiya qilish maqsadida O‘zbekiston, Belarus, Xitoy va boshqa davlatlar bilan muzokaralarni kuchaytirdi

Qirg‘iziston O‘zbekistondan oyiga 20 ming tonnagacha yoqilg‘i import qilishni rejalashtirmoqda

Qirg‘iziston O‘zbekistondan har oy 20 ming tonnagacha yoqilg‘i xarid qilish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi va Prezident administratsiyasi rahbari Adilbek Qosimaliyev Kabar agentligiga bergan podkast intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, mamlakat ichki ehtiyojining asosiy qismi import hisobiga qoplanadi. So‘nggi paytlarda Yaqin Sharqdagi keskin geosiyosiy vaziyat xalqaro bozorda yoqilg‘i narxlarining oshishiga olib kelgan. Shu bilan birga, Rossiyadan yetkazib berish hajmi ham avvalgi darajada saqlanmayapti.

Shu sababli Bishkek yoqilg‘i ta’minotini kengaytirish maqsadida Belarus, Xitoy, Ozarbayjon, O‘zbekiston, shuningdek, Turkiya va ayrim Yevropa davlatlari bilan hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Qosimaliyevning qayd etishicha, Belarusdan yoqilg‘i yetkazib berish allaqachon boshlangan. Xitoydan esa neft mahsulotlari ortilgan dastlabki beshta yuk mashinasi mamlakatga kirib kelgan. Kelgusida yoqilg‘ini temiryo‘l orqali yetkazish masalasi ham Xitoy tomoni bilan muhokama qilinmoqda.

Biz O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan ham muzokaralar o‘tkazdik. Ularda oyiga 20 ming tonnagacha yoqilg‘i yetkazib berish imkoniyati bor, — dedi Qirg‘iziston hukumati rahbari.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston Turkiya va Yevropa davlatlaridan ham yoqilg‘i import qilmoqda. Biroq tranzit bilan bog‘liq cheklovlar logistika jarayonini murakkablashtirmoqda. Hukumat rahbari jahon bozorida neft mahsulotlari qimmatlashgani transport xarajatlariga ham ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

Narxlarning keskin oshishini jilovlash maqsadida mamlakat hukumati dizel yoqilg‘isi, AI-92 markali benzin va avtomobil gazini subsidiya qilishni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, yoqilg‘i narxlari bosqichma-bosqich oshirilishi rejalashtirilgan.

Qosimaliyevning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Qirg‘izistonda AI-92 benzini va dizel yoqilg‘isi narxi O‘zbekiston hamda Tojikistondagiga nisbatan 20–25 somga arzon bo‘lib, ushbu farq davlat budjeti hisobidan qoplanmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Boshqirdiston tadbirkorlari qariyb $100 mlnlik shartnomalar imzoladi
/
O‘zbekiston va Boshqirdiston tadbirkorlari qariyb $100 mlnlik shartnomalar imzoladi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmi YIMning 22,9% ini tashkil etdi
/
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmi YIMning 22,9% ini tashkil etdi
O‘zbekistonda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish uchun $463 mln yo‘naltiriladi
/
O‘zbekistonda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish uchun $463 mln yo‘naltiriladi