O‘zbekiston tog‘-kon sanoatiga $2,2 mlrd investitsiya yo‘naltiriladi

Prezident NKMKga “Muruntau” konini kengaytirish va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha topshiriq berdi

O‘zbekiston tog‘-kon sanoatiga $2,2 mlrd investitsiya yo‘naltiriladi

Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK)ga tashrifi davomida tog‘-kon sanoatida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilda sohada 90 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Tarmoqqa $2,2 mlrd investitsiya jalb etilishi kutilmoqda. Belgilangan vazifalarga muvofiq, 172,5 ming tonna mis, 120 tonna oltin, 210,5 tonna kumush va 8 ming tonna uran qazib olish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari yangi konlar bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni qisqa muddatda yakunlash, ekspertiza jarayonlarini soddalashtirish va loyihalarni boshlash uchun zarur huquqiy masalalarni tezkor hal etish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Energiya resurslariga talab ortib borayotgan sharoitda ko‘mir qazib olish va yetkazib berishni kengaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK)ga “Muruntov” konini kengaytirishning navbatdagi bosqichini boshlash topshirildi. Korxona yangi uchastkalarni o‘zlashtiradi va murakkab rudalardan oltin ajratib olish texnologiyalarini joriy etadi. Yirik obyektlar bo‘yicha investorlar bilan hamkorlik mexanizmlari ham qayta ko‘rib chiqiladi.

O‘zmetkombinatda listli metall ishlab chiqarishni ko‘paytirish va mahsulot turini diversifikatsiya qilish rejalashtirilgan. O‘zbekiston texnologik metallar kombinati oldiga esa selen, tellur hamda kukunli metallurgiya mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini jadallashtirish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, OKMK va boshqa korxonalarda tannarxni pasaytirish hamda energiya sarfini qisqartirish bo‘yicha manzilli dasturlar joriy etiladi. Davlat xaridlari va kooperatsiya doirasida mahalliy mahsulotlar ulushini joriy yilda $2 mlrd dan ortiq miqdorgacha yetkazish rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent hokimligi 200 dan ortiq avtobus bekatini o‘z tasarrufiga oladi
/
Toshkent hokimligi 200 dan ortiq avtobus bekatini o‘z tasarrufiga oladi
2027-yilda Yangi Sergeli ko‘chasida avtobus uchun 5,5 kilometrlik BRT yo‘lak quriladi
/
2027-yilda Yangi Sergeli ko‘chasida avtobus uchun 5,5 kilometrlik BRT yo‘lak quriladi
Toshkentda uy-joy narxlari iyul boshida 0,6% ga oshdi
/
Toshkentda uy-joy narxlari iyul boshida 0,6% ga oshdi