Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqqa safarlarni vaqtincha kechiktirish so‘radi

Fuqarolarga aviaqatnovlardagi uzilishlar va ayrim davlatlar havo hududining yopilishi sabab rejalashtirilgan safarlarni ortga surish tavsiya etildi

Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqqa safarlarni vaqtincha kechiktirish so‘radi

Yaqin Sharq mintaqasida vaziyat keskinlashgani munosabati bilan O‘zbekiston fuqarolariga ushbu yo‘nalishdagi turistik, xizmat va ziyorat safarlarini vaqtincha kechiktirish tavsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mintaqadagi beqarorlik va ayrim davlatlar havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar xalqaro aviaqatnovlarda jiddiy o‘zgarishlarga olib kelgan. Reyslarning bekor qilinishi va tranzit yo‘nalishlarining yopilishi oqibatida ko‘plab yo‘lovchilar, jumladan O‘zbekiston fuqarolari logistika muammolariga duch kelmoqda.

Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida vazirlik fuqarolardan rejalashtirilgan parvozlarni vaziyat barqarorlashgunga qadar kechiktirishni so‘radi. Xorijda bo‘lib turgan vatandoshlarga ehtiyot choralarini kuchaytirish, ommaviy yig‘inlardan chetda bo‘lish va mahalliy qonun-qoidalarga qat’iy rioya etish tavsiya qilindi.

Shuningdek, fuqarolarga O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan doimiy aloqada bo‘lish, safarlarni rejalashtirishda esa faqat rasmiy manbalarga tayanish zarurligi eslatildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer ajratilib, imtiyozli kredit beriladi
/
Plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer ajratilib, imtiyozli kredit beriladi
Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan loyihasi bo‘yicha qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladi
/
Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan loyihasi bo‘yicha qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladi
O‘zbekistonda telekommunikatsiya bozori 2025-yilda 18,3% ga o‘sdi
/
O‘zbekistonda telekommunikatsiya bozori 2025-yilda 18,3% ga o‘sdi