Tim Kuk 1-sentabrdan Apple bosh direktori lavozimini tark etadi

Korporatsiyaga apparat ta’minoti bo‘yicha vitse-prezident Jon Ternus rahbarlik qiladi

Tim Kuk 1-sentabrdan Apple bosh direktori lavozimini tark etadi

Apple kompaniyasi bosh direktori Tim Kuk 2026-yil 1-sentabrdan lavozimini tark etadi. Uning o‘rnini kompaniyaning apparat ta’minoti bo‘yicha katta vitse-prezidenti Jon Ternus egallaydi.

Kompaniya ma’lum qilishicha, Tim Kuk yangi lavozim — direktorlar kengashining ijrochi raisi sifatida faoliyatini davom ettiradi. U ushbu rolda global boshqaruv va hukumatlar bilan aloqalarni muvofiqlashtirishga e’tibor qaratadi.

Kadrlar o‘zgarishi Apple direktorlar kengashi tomonidan bir ovozdan ma’qullangan. Kuk 1-sentabrgacha o‘z vazifasini bajarib, rahbariyat almashinuvi jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshiradi.

Tim Kuk Apple’da 1998-yildan buyon ishlaydi va 2011-yildan beri kompaniyaga rahbarlik qilib kelmoqda. Uning boshqaruvi davrida kompaniya kapitalizatsiyasi $350 mlrddan $4 trlngacha oshdi, yillik daromad esa $108 mlrddan $416 mlrddan ortiq ko‘rsatkichga yetdi.

Jon Ternus esa Apple’da 2001-yildan beri faoliyat yuritib keladi. U 2021-yildan ijrochi rahbariyat tarkibiga kirgan bo‘lib, iPhone, Mac, iPad va boshqa qurilmalar ishlab chiqilishida muhim rol o‘ynagan.

Kompaniya vakillari yangi rahbarning texnik tajribasi va yetakchilik salohiyati Apple’ning kelgusi rivoji uchun muhim omil bo‘lishini ta’kidladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Raqobat qo‘mitasi “Tashabbusli budjet”da pullik ovoz berish reklamasiga qarshi kurashni boshladi
/
Raqobat qo‘mitasi “Tashabbusli budjet”da pullik ovoz berish reklamasiga qarshi kurashni boshladi
Adliya vazirligi eskrou tizimi uy-joy narxlarini oshirishi mumkinligini ta’kidladi
/
Adliya vazirligi eskrou tizimi uy-joy narxlarini oshirishi mumkinligini ta’kidladi
Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxona binosi 2026-yilda foydalanishga topshiriladi
/
Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxona binosi 2026-yilda foydalanishga topshiriladi