Nvidia tarixda birinchi marta kapitalizatsiyasi $5 trlnga yetgan kompaniyaga aylandi

Kompaniyaning aksiyalari 3,5% ga oshib, bitta aksiya uchun $208,05 ni tashkil etdi

Nvidia tarixda birinchi marta kapitalizatsiyasi $5 trlnga yetgan kompaniyaga aylandi

Nvidia tarixda birinchi marta kapitalizatsiyasi $5 trlnga yetgan kompaniyaga aylandi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpin bilan Nvidia chiplarini Xitoyga eksport qilish masalasini muhokama qilish niyatida ekanini aytganidan so‘ng, chip ishlab chiqaruvchining aksiyalari 3,5% ga oshib, bitta aksiya uchun $208,05 ni tashkil etdi.

Kompaniya sun’iy intellekt bo‘yicha rivojlanish va video tezlatgichlarga bo‘lgan rekord darajadagi talab tufayli yangi cho‘qqilarni zabt etishni davom ettirmoqda.

Biroq, ko‘pchilik bu ko‘pikni sun’iy ravishda shishirilayotganini, ya’ni aylanma bitimlar orqali amalga oshirilayotganini ta’kidladi: Nvidia boshqa kompaniyalarga yuz milliardlab mablag‘ kiritsa, o‘sha kompaniyalar ham Nvidia’ga xuddi shuncha mablag‘ kiritadi.

Shu bilan birga, bundan hech qanday natija chiqmasligi ham mumkin: aksiyalar narxi faqatgina kompaniyalarning bir-biriga mablag‘ kiritishi hisobiga o‘sib bormoqda.

28-oktabr kuni Bloomberg nashri Apple’ning bozor qiymati $4 trlnga yetganini ma’lum qildi. Kompaniya bunday qiymatga ega uchinchi kompaniyaga aylandi. Savdo kuni yakunida kompaniya qiymati $3,99 trlnga teng bo‘ldi.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Afg‘oniston yuk tashuvchilar uchun soliqlarni o‘zaro kamaytirishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston va Afg‘oniston yuk tashuvchilar uchun soliqlarni o‘zaro kamaytirishni rejalashtirmoqda
Shveysariya sudi “Lombard Odier”ni Gulnora Karimova ishi bo‘yicha $3,68 mlnlik jarimaga tortdi
/
Shveysariya sudi “Lombard Odier”ni Gulnora Karimova ishi bo‘yicha $3,68 mlnlik jarimaga tortdi
Raqobat qo‘mitasi “Tashabbusli budjet”da pullik ovoz berish reklamasiga qarshi kurashni boshladi
/
Raqobat qo‘mitasi “Tashabbusli budjet”da pullik ovoz berish reklamasiga qarshi kurashni boshladi