Tijorat kreditlari bo‘yicha o‘rtacha stavka 21,6% gacha pasaydi

Xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz esa 10,3% darajasida saqlanib qoldi

Tijorat kreditlari bo‘yicha o‘rtacha stavka 21,6% gacha pasaydi

O‘zbekistonda iyun oyida tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari pasaydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

Regulyator hisob-kitoblariga ko‘ra, milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 19,8%ni tashkil etib, may oyiga nisbatan 0,2% bandga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 0,6% bandga kamaygan.

Aholiga ajratilgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 20,2%gacha pasaygan. Uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha stavka 20,1%ni tashkil etgan bo‘lsa, qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rsatkich 23,6%gacha oshgan.

Yuridik shaxslar uchun kreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi 19,5%ni tashkil etdi. Bir yilgacha muddatga berilgan kreditlar bo‘yicha stavka 21,1%, uzoq muddatli moliyalashtirish bo‘yicha esa 18,6% etib qayd etildi.

Inflyatsion kutilmalarni hisobga olgan holda hisoblangan real foiz stavkalari ham pasaydi. Ular jismoniy shaxslar uchun 9,3%, yuridik shaxslar uchun esa 8,8%ni tashkil etdi.

Shuningdek, tijorat kreditlari bo‘yicha o‘rtacha stavka iyun yakunida 21,6%gacha tushdi. Bu may oyiga nisbatan 0,4% bandga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 1,4% bandga past.

Aholiga berilgan tijorat kreditlari bo‘yicha o‘rtacha stavka 21,4%ni tashkil etdi. Bunda qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha stavka 26,2%gacha pasaygan, uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha esa 21,3%gacha oshgan.

Biznes uchun tijorat kreditlari bo‘yicha o‘rtacha stavka 21,8%gacha kamaydi. Qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rsatkich 21,3%, uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha esa 22,2%ni tashkil etdi.

Imtiyozli kreditlar segmentida o‘rtacha stavka may oyidagi 10%dan iyunda 10,1%gacha oshdi. Yuridik shaxslar uchun bu ko‘rsatkich 10,2%gacha ko‘tarilgan bo‘lsa, jismoniy shaxslar uchun 9,7%gacha pasaygan.

Xorijiy valyutadagi kreditlar bozorida o‘rtacha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qolib, yillik 10,3%ni tashkil etdi. Qisqa muddatli valyuta kreditlari bo‘yicha stavka 9,3%gacha pasaygan, uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha esa 10,9%gacha oshgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Kelgusida kadastr xizmatlarida “bitta ariza – bitta toʻlov” tamoyili joriy etilishi mumkin
/
Kelgusida kadastr xizmatlarida “bitta ariza – bitta toʻlov” tamoyili joriy etilishi mumkin
Davlat xizmatchilari uchun yagona ish haqi tizimini joriy etish taklif qilindi
/
Davlat xizmatchilari uchun yagona ish haqi tizimini joriy etish taklif qilindi
O‘zbekistonda dollar kursi pasaya boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi pasaya boshladi