Termiz xalqaro savdo markazi hududi ming gektargacha kengaytiriladi
Eksport hajmini joriy yilda $600 mlnga, kelgusi yilda esa $1 mlrdga yetkazish rejalashtirilgan
Фото: Yandex
Surxondaryodagi Termiz xalqaro savdo markazi hududi kengaytiriladi. Bu haqda 27-fevral kungi yig‘ilishda prezident ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili markazga 800 mingdan ortiq Afg‘oniston fuqarolari tashrif buyurgan, eksport $320 mln bo‘lgan.
Tadbirkorlar va investorlar faoliyatini kengaytirib, Termiz xalqaro savdo markazida yirik ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bo‘yicha taklif bilan chiqqan. Shu bois, markaz hududi 1 ming gektarga yetkazilishi belgilandi. Mutasaddilarga buning hisobidan markazdagi eksport hajmini joriy yil 600 mln, kelasi yil $1 mlrdga yetkazish, qo‘shimcha 10 ming ish o‘rni yaratish topshirildi.
Yangi loyihalar hisobiga tadbirkorlar ham, savdo qilish uchun keladigan odamlar ham karrasiga oshishi qayd etildi. Shu munosabat bilan markazda qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida maxsus prokuratura va ichki ishlar bo‘limining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Endilikda markaz hududidagi tovar savdosi va xizmatlar eksport sifatida baholanadi, ularga nisbatan ham qo‘shilgan qiymat solig‘i nol stavkada qo‘llanadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ