“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Škoda Transportation 10 ta elektropoyezd yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Poyezdlar zamonaviy boshqaruv va havoni kondisiyalash tizimlari bilan jihozlanadi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Škoda Transportation 10 ta elektropoyezd yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Bugun, 2026 yil 17 iyun kuni Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida shahar atrofi tashuvlari operatori “Shahar Atrofida Yo‘lovchi Tashish” MCHJ («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ) va Chexiyaning Škoda Transportation kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolandi. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi ehtiyojlari uchun 10 ta zamonaviy elektropoyezd yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdilar.

Loyiha mamlakat temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan. Uning amalga oshirilishi ilg‘or Yevropa texnologiyalaridan foydalangan holda harakatlanuvchi tarkib parkini yangilash, yo‘lovchi tashish sifati va qulayligini xalqaro xavfsizlik va energiya samaradorligi standartlari darajasiga ko‘tarish imkonini beradi.

Yangi harakatlanuvchi tarkib zamonaviy boshqaruv va havoni kondisiyalash tizimlari bilan jihozlanadi. Ushbu yechimlar O‘zbekiston aholisi va mehmonlari uchun sayohat paytida yuqori darajadagi qulaylikni ta’minlaydi.

Tashabbusning muhim qismi – O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etishdan iborat bo‘ladi. Bu mamlakat ichida poyezdlarning tezkor xizmat ko‘rsatishini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy temir yo‘l tarmog‘ini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Bitimning imzolanishi O‘zbekiston va Chexiya Respublikasi o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik mustahkamlanib borayotganini ham tasdiqlaydi.

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UZBEKENERGOTAMIR Toshkentda yangi “Iyk ota” podstansiyasini qurib bitkazdi
/
UZBEKENERGOTAMIR Toshkentda yangi “Iyk ota” podstansiyasini qurib bitkazdi
Octobank xalqaro hisob-kitoblar uchun valyutalar turini 16 taga yetkazdi —Meksika pesosidan tortib Polsha zlotisigacha
/
Octobank xalqaro hisob-kitoblar uchun valyutalar turini 16 taga yetkazdi —Meksika pesosidan tortib Polsha zlotisigacha
2026-yilda Toshkentda bolani maktabga tayyorlash qanchaga tushadi
/
2026-yilda Toshkentda bolani maktabga tayyorlash qanchaga tushadi