«O’zbekiston temir yo’llari» «Xitoy–Qirg’iziston–O’zbekiston» temir yo’lini qurish uchun $255 mln oladi

Moliyalashtirishni O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi taqdim etadi

«O’zbekiston temir yo’llari» «Xitoy–Qirg’iziston–O’zbekiston» temir yo’lini qurish uchun $255 mln oladi

«O’zbekiston temir yo’llari» kompaniyasi «Xitoy–Qirg’iziston–O’zbekiston» temir yo’lini qurish uchun O’zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg’armasidan $255 mln oladi. Bu haqda prezident farmonidan ma’lum bo’ldi.

Joriy yilning 8 iyul kuni O’zbekiston hukumatining ushbu temir yo’l qurilishi bo’yicha qo’shma loyiha kompaniyasining ustav kapitalidagi ulushini shakllantirish to’g’risida prezident farmoni qabul qilindi. Loyiha O’zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining $255 mlnlik krediti hisobidan moliyalashtirilib, 15 yil davomida yillik 5% miqdorida hamda boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Qarorning ijrosi uchun javobgarlik O’zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov zimmasiga yuklatilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ilon Maskning boyligi  yana $1 trlndan oshdi
/
Ilon Maskning boyligi yana $1 trlndan oshdi
Urganch aeroportini modernizatsiya qilishga $242 mln yo‘naltiriladi
/
Urganch aeroportini modernizatsiya qilishga $242 mln yo‘naltiriladi
O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 6,4% ni tashkil etdi
/
O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 6,4% ni tashkil etdi