2024-yilda O‘zbekistonda temir yo‘l orqali jo‘natilgan yuk hajmi 73,9 mln tonnaga yetdi 

Natija 2023-yilga nisbatan 100,3% lik o‘sishni qayd etgan

2024-yilda O‘zbekistonda temir yo‘l orqali jo‘natilgan yuk hajmi 73,9 mln tonnaga yetdi 

2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab umumiy foydalanishdagi magistral temir yo‘l transportida 73,9 mln tonna asosiy turdagi yuklar jo‘natilgan. 2023-yilga nisbatan o‘sish sur’ati 100,3% ni tashkil etgan. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qilmoqda. 

So‘nggi yillarda temir yo‘l orqali jo‘natilgan yuk hajmining dinamikasi quyidagicha bo’lgan:

  • 2020-yil — 70,6 mln tonna;
  • 2021-yil — 72,0 mln tonna;
  • 2022-yil — 73,4 mln tonna;
  • 2023-yil — 73,7 mln tonna;
  • 2024-yil — 73,9 mln tonna.

Yuk jo‘natish hajmining o‘sishiga olib keluvchi asosiy omillar:

  • Temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish;
  • Logistika jarayonlarini optimallashtirish;
  • Yuk jo‘natuvchilar uchun xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilash;
  • Xalqaro transport yo‘laklarini kengaytirish.

Transport vazirligi mamlakat iqtisodiyoti uchun samarali va ishonchli logistikani ta’minlagan holda temir yo‘l transportini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UPayning hammuassisi Behzod Botirov Pay Way to‘lov xizmatining 74,38% aksiyalarini sotib oldi
/
UPayning hammuassisi Behzod Botirov Pay Way to‘lov xizmatining 74,38% aksiyalarini sotib oldi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kunga to‘g‘ri keladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kunga to‘g‘ri keladi
“Astra Exim Tech and Research Agency” Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tenderida g’olib bo‘ldi
/
“Astra Exim Tech and Research Agency” Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tenderida g’olib bo‘ldi