Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi

Agentlik operator va provayderlar xizmat sifatini har oyda kamida 1 marotaba monitoring qiladi

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, “Telekommunikatsiyalar sohasida tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga asosan, agentlik operator va provayderlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlangan rejaga muvofiq har oyda kamida 1 marotaba monitoring qiladi.

Agentlik moliyaviy va tuzilmaviy jihatdan hamda vakolati doirasida qaror qabul qilishda mustaqil hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisobdor bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi
/
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi
OTB va ACWA Power Buxorodagi shamol elektr stansiyasi uchun $116 mlnlik bitim imzoladi
/
OTB va ACWA Power Buxorodagi shamol elektr stansiyasi uchun $116 mlnlik bitim imzoladi
O‘zbekistonda 2030-yilgacha charm-poyabzal eksporti $500 mlnga yetkaziladi
/
O‘zbekistonda 2030-yilgacha charm-poyabzal eksporti $500 mlnga yetkaziladi