Shuhratbek Qurbonov “TBC Bank Uzbekistan” boshqaruv raisi maslahatchisi bo‘ldi

“Humo” sobiq rahbari neobankning biznes yo‘nalishlari va to‘lov xizmatlarini rivojlantirishga yordam beradi

Shuhratbek Qurbonov “TBC Bank Uzbekistan” boshqaruv raisi maslahatchisi bo‘ldi

Shuhratbek Qurbonov “TBC Bank Uzbekistan” boshqaruv raisining biznes-segmentni rivojlantirish va to‘lovlarga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda Kapital.uz’ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

“Maqsadimiz zamonaviy texnologiyalar, moliyaviy vositalar va jamoaviy ishlash orqali kichik va o‘rta biznesning o‘sishi uchun qulay muhit yaratishdir”, – dedi Qurbonov.

Qurbonov 2018-yil oxiridan buyon Humo to‘lov tizimi operatori – “Milliy banklararo protsessing markazi” ga rahbarlik qilib kelayotgandi. Joriy yilning mart oyida aksiyadorlarning navbatdan tashqari yig‘ilishi qaroriga ko‘ra, u o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etgandi. Uning o‘rniga “Octobank” rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlagan Aleksey Maksimov tayinlandi. Shu bilan birga, Qurbonov Humo’ning yangilangan kuzatuv kengashi tarkibida o‘z faoliyatini davom ettirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“TBC Bank Group” “OLX Uzbekistan” nazorat paketini sotib olganini e’lon qildi
/
“TBC Bank Group” “OLX Uzbekistan” nazorat paketini sotib olganini e’lon qildi
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani yillik 14% gacha pasaytirdi
/
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani yillik 14% gacha pasaytirdi
O‘zbekistonda propiskaga rozilikni onlayn rasmiylashtirish platformasi ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda propiskaga rozilikni onlayn rasmiylashtirish platformasi ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda