ILMA “TBC Sug’urta” ga litsenziya berdi

Kompaniya barcha turdagi sug’urta faoliyati bilan shug’ullanishi mumkin

ILMA “TBC Sug’urta” ga litsenziya berdi

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2025-yil 7-martdagi tegishli qaroriga asosan “TBC SUG‘URTA” AJ ga hayotni sug‘urta qilish sohasidagi I, II, III, IV, V, VI va VII klasslar hamda umumiy sug‘urta sohasidagi 1, 2 va 18 klasslar bo‘yicha ixtiyoriy shaklda sug‘urta faoliyatini amalga oshirish yuzasidan lisenziya berildi. Bu haqda agentlik rasmiy sahifasida ma’lum qildi

Ayni vaqtda ILMA’ning rasmiy sahifasida sug’urta kompaniyasi haqida batafsil ma’lumotlar mavjud emas

O‘tgan yilning iyul oyida “TBC Bank” “Qulay Insurance” sug’urta kompaniyasini tashkil etgandi. Kompaniya sug’urtalash bilan shug’ullanadi va uning ustav kapitali 22 mlrd so’mni tashkil etadi. 

Kapital.uz joriy yilning fevral oyida “TBC Bank” 128 mlrd so‘mlik qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqargani haqida xabar bergandi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi