O‘zbekistonda tashqi reklama joylashtirish tartibi belgilandi

Reklama maydoni uchun pasportlar Yagona portal orqali rasmiylashtirilib, oylik to‘lovlar joriy etiladi

O‘zbekistonda tashqi reklama joylashtirish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari uchun tashqi reklama joylashtirish tartibi aniq belgilandi. Endilikda reklama joylashtirish uchun avvalo reklama joyi pasportini rasmiylashtirish talab etiladi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.

Mazkur pasportni my.gov.uz portali orqali “Xususiy mulk uchun reklama joyi pasportini rasmiylashtirish” xizmati yordamida olish mumkin. Ariza topshirish jarayonida obyektga oid hujjatlar ilova qilinadi, reklama joylashtiriladigan hududning rasmi yuklanadi hamda uning lokatsiyasi belgilanadi.

Arizani ko‘rib chiqish uchun 370 800 so‘m (BHMning 90%i) miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi. Hujjatlar to‘liq taqdim etilgan taqdirda ariza 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, reklama joyi pasporti beriladi. Kamchiliklar aniqlansa, arizani bepul qayta topshirish mumkin.

Pasport olingach, reklama maydoni uchun har oy hudud va hajmga qarab kvadrat metri uchun 50 ming so‘mdan 80 ming so‘mgacha to‘lov amalga oshiriladi.

Shuningdek, tashqi reklama yozuvlari belgilangan me’yorlarga mos bo‘lishi shart. Harflar balandligi 20–50 sm, qalinligi 5–15 sm bo‘lishi, yozuv alohida harflardan tashkil topishi kerak. Peshlavha yoki logotip kirish qismi kengligining 60% igacha joylashtiriladi va har bir obyekt uchun bitta reklama yozuvi ruxsat etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

1-iyuldan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi
/
1-iyuldan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi
Mirziyoyev $3 mlnga baholangan AI-startaplar bilan tanishdi
/
Mirziyoyev $3 mlnga baholangan AI-startaplar bilan tanishdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana pasaya boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana pasaya boshladi