Toshkent viloyatidagi “qizil” toifadagi mahallalarda quyosh elektr stansiyalari quriladi

Loyiha doirasida 10 ming 435 ta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlanadi

Toshkent viloyatidagi “qizil” toifadagi mahallalarda quyosh elektr stansiyalari quriladi

Viloyat hokimining qaroriga ko’ra, Toshkent viloyatining turli tumanlaridagi “og‘ir” va “qizil” toifaga kiritilgan 300 ta mahallada kichik quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etiladi.

Loyihaning dastlabki bosqichida Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Yoshlik”, “Zarbdor” va “Ertamg‘ali” mahallalarida hamkorlik asosida 180-500 kVt quvvatli stansiyalar qurish rejalashtirilgan edi. Bu stansiyalar nafaqat mahalliy aholining elektr ta’minotini yaxshilashga, balki qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobiga tejamkorlikni ta’minlashga mo‘ljallangan.

Loyiha kengaymoqda — endi u Bo‘stonliq, Quyi Chirchiq, Ohangaron va Piskent tumanlaridagi 16 ta chekka va rivojlanmagan “qizil” toifadagi mahallalarni qamrab oladi. Loyiha doirasida jami 10 ming 435 ta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, 751 ta kam ta’minlangan oilani ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Stansiyalarni qurish ishlari Energetika vazirligi huzuridagi “Yashil energiya” MCHJ tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur mahallalarda umumiy quvvati 4 ming 650 kVt bo‘lgan fotoelektr stansiyalari bepul o‘rnatiladi.

Eslatib o’tamiz, 15-maydan boshlab Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan hamda ushbu reyestrga tushish xavfi mavjud bo‘lgan oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
/
MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
/
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi