“Alshaya Group” O‘zbekistonda taniqli brendlar do‘konlarini ochadi

Kompaniya vakillari bu masala yuzasidan ISSV rahbari bilan uchrashgan

“Alshaya Group” O‘zbekistonda taniqli brendlar do‘konlarini ochadi

2025-yil 13-iyun kuni ISSV rahbari Laziz Kudratov xalqaro “Alshaya Group” boshqaruvi raisi Muhammad Alshaya bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekistonda taniqli brendlar do‘konlarini ochish imkoniyatlarini muhokama qildi. “Alshaya Group” O‘zbekistonni barqaror o‘sayotgan iste’mol sektori, sarmoyadorlar uchun jozibador muhit va mamlakatning demografik salohiyati sababli Markaziy Osiyodagi istiqbolli bozor sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Kompaniya vakillari yaqin vaqt ichida ilk savdo nuqtalarini ishga tushirish rejalari bilan bo‘lishdi. Uchrashuv davomida brendlarning O‘zbekiston bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishi uchun aniq amaliy choralar kelishib olindi.

ISSV axborot xizmati xabariga ko’ra, 1890-yilda tashkil etilgan kompaniya dunyo bo‘yicha mashhur brendlarning 4 mingdan ortiq savdo nuqtalarini boshqaradi, yillik daromadi $11 mlrdni tashkil etadi. Kompaniya xodimlarining soni 50 mingdan ortiq.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi