AQSH talaba vizasini olish qoidalarini kuchaytiradi

Ushbu qaror ijtimoiy tarmoqlarni majburiy tekshirishni kengaytirishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida qabul qilingan

AQSH talaba vizasini olish qoidalarini kuchaytiradi

AQSHda o‘qish uchun viza olmoqchi bo‘lgan xorijlik talabalarning ijtimoiy tarmoqlarini tekshirish majburiy bo‘ladi. Bu haqda davlat kotibi Marko Rubio tomonidan imzolangan diplomatik notaga tayanib, Politico xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, Amerika elchixonalari va konsulliklariga talabalar hamda almashinuv dasturlari vizalari (F, M va J toifalari) uchun yangi suhbatlarni o‘tkazishni vaqtincha to‘xtatish topshirilgan. Ushbu qaror ijtimoiy tarmoqlarni majburiy tekshirishni kengaytirishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida qabul qilingan.

Tashabbus amaliyotga joriy etilsa, viza berish jarayonini ancha sekinlashtirishi va xorijlik talabalar hisobiga daromad oladigan ko‘plab universitetlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Avvalroq AQSH prezidenti ma’muriyat ijtimoiy tarmoqlarni tekshirish bo‘yicha ba’zi talablarni joriy qilgan edi. U Isroilning G‘azodagi amaliyotiga qarshi namoyishlarda ishtirok etishda gumonlangan talabalarga nisbatan joriy etilgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda aynan nimalar tekshirilishiga aniqlik kiritilmagan. Hujjatda terrorizm va antisemitizmga qarshi kurashga qaratilgan farmonlar tilga olingan.

Davlat departamentidagi ko‘plab xodimlar tekshiruvlar bo‘yicha avvalgi ko‘rsatmalarning noaniqligidan shikoyat qilgan. Masalan, X ijtimoiy tarmog‘ida Falastin bayrog‘i tasvirining e’lon qilinishi arizani qo‘shimcha ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lishi mumkinmi yoki yo‘qligi tushunarsiz.

Tanqidchilarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati bunday qoidalardan universitetlarga, xususan, Garvard kabi elita muassasalariga bosim o‘tkazish uchun foydalanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi