O‘zbekistonda qonuniy taksi bozorining hajmi qariyb 6 trln so‘mga yetdi

Shundan 76,3% naqd pul, 23,7% karta orqali to‘langan

O‘zbekistonda qonuniy taksi bozorining hajmi qariyb 6 trln so‘mga yetdi

2024-yilda O‘zbekistonda taksi bozorining hajmi 5,89 trln so‘mga yetdi, yozda bu natija 3 trln so‘mni tashkil qilgan. Soliq qo‘mitasi yaqin vaqtgacha soyada bo‘lgan taksi bozorini qonuniylashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi.

Unga ko‘ra, jami 319,06 mln marta yo‘lovchi tashish amalga oshirildi. Taksi xizmati ko‘rsatish bo‘yicha aylanmaning 4,5 trln so‘mi (76,3%) naqd pul, 1,4 trln so‘mi (23,7%) karta orqali to‘langan.

Yozda 142 ta taksi agregatorlari soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib ularning soni 155 taga yetdi.

Bir chekning o‘rtacha narxi avgust oyiga nisbatan 18,000 so‘mdan 18,456 so‘mga oshdi.

Agregatorlar orqali yo’lovchi tashish bilan 498 mingga yaqin o’zini o’zi band qilgan haydovchilar shug’ullanmoqda. Haydovchilarning yarmidan ko’pi (57%) 30-50 yoshda – 283 680 kishi, 30 yoshgacha – 179 245 kishi (36%), 50 yoshdan kattalar – 35 004 kishi (7%).

Shundan ayol haydovchilar soni deyarli 4 barobarga oshgan: o’tgan yil boshida 1,053 nafar, yil oxiriga kelib 4,124 nafar ayol faoliyat yuritmoqda.

Yil davomida haydovchilar quyidagicha daromad oldi:

  • 100 mln so’mdan ortiq — 4,7 mingga yaqin haydovchi;
  • 50-100 mln so’m – 23,1 ming haydovchi;
  • 10-50 mln so’m – 114,6 ming haydovchi;
  • 5-10 mln so’m – 63,5 ming haydovchi;
  • 1-5 mln so’m – 136,4 ming haydovchi;
  • 1 mln so’mgacha – 155,5 ming haydovchi.

Yo‘lovchilar asosan Nexia (17,8%), Cobalt (16,9%), Lacetti (13,9%), Spark (10,7%) va Matiz (7,9%) avtomashinalarida tashiladi. 4,906 nafar haydovchi Tracker, 1,345 nafari Epica, 1,560 nafari BYD Song, 1,265 nafari Captiva va 1,049 nafari Monza avtomashinalaridan foydalangan holda taksi xizmatlarini ko‘rsatadi. Elektr transport vositalarining ulushi 1,2% ni tashkil qiladi.

Avtomobillarning yoshi (ishlab chiqarilgan yiliga asoslangan):

  • 1-3 yil – 10,4%;
  • 3-5 yil –  9%;
  • 5-10 yil – 23,6%;
  • 10 yildan ortiq – 56,9%.

2024-yilda taksi agregatorlari tomonidan 156,8 mlrd so‘m soliq to‘langan bo‘lsa, shundan 66,2 mlrd so‘mi qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi transport loyihalarisiz Markaziy Osiyo savdo hajmlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlay olmaydi — Jasurbek Choriyev
/
Yangi transport loyihalarisiz Markaziy Osiyo savdo hajmlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlay olmaydi — Jasurbek Choriyev
Fransiyaga qisqa muddatli viza olish tartibi o‘zgaradi
/
Fransiyaga qisqa muddatli viza olish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi mumkin
/
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi mumkin