O‘zbekistonliklarning Tailandga qiziqishi 81% ga kamaydi
Aviachiptalarni bron qilishlar ulushi 84% ga pasaygan bo‘lsa-da, chiptalar narxi 5–10% atrofida qimmatlagan
15-sentabrdan boshlab o‘zbekistonliklar uchun Tailandga kirish qoidalari o‘zgardi. Endilikda sayyohlar vizani safardan oldin rasmiylashtirishi kerak. Aviasales.uz ushbu o‘zgarishdan bir oy o‘tib, uning sayohatchilar rejalariga ta’sirini tahlil qildi.
Kompaniyaning Kapital.uz’ga ma’lum qilishicha, Tailandga qiziqish sezilarli darajada pasaygan. O‘zbekistondan Tailandga aviachiptalarni qidirishlar soni 81% ga, bron qilishlar esa 84% ga kamaygan.
Shu bilan birga, safarning o‘rtacha davomiyligi deyarli o‘zgarmagan. O‘zbekistonliklar Tailandda odatda 10–12 kun qolishni rejalashtirmoqda. Bolalar bilan amalga oshiriladigan safarlar ulushi ham avvalgi darajada saqlanib qolgan.
Aviachiptalar narxida esa 5–10% atrofida o‘sish kuzatilgan. Aviasales.uz ma’lumotlariga ko‘ra, bunday o‘zgarish joriy mavsum uchun odatiy hisoblanadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ