Tailand 15-sentabrdan O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirishni bekor qiladi

Endilikda mamlakatga borish uchun oldindan viza rasmiylashtirish talab etiladi

Tailand 15-sentabrdan O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirishni bekor qiladi

Tailand 15-sentabrdan O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish tartibini bekor qiladi. Bu haqda Bangkok Post xabar berdi.

Qaror O‘zbekiston va yana 92 davlat fuqarolari uchun 60 kunlik vizasiz rejimni bekor qilishni nazarda tutadi. Tegishli qaror 31-avgust kuni Royal Gazette’da e’lon qilingan va 15 kundan so‘ng — 15-sentabrdan kuchga kiradi.

Shu bilan birga, 15-sentabrgacha Tailandga kirib kelgan O‘zbekiston fuqarolari amaldagi qoidalarga muvofiq mamlakatda vizasiz 60 kungacha qolishlari mumkin.

60 davlat uchun vizasiz rejim saqlanib qoladi

15-sentabrdan 60 davlat fuqarolari Tailandga vizasiz kirishlari mumkin bo‘ladi, biroq mamlakatda qolish muddati 30 kun bilan cheklanadi. MDH davlatlari orasidan yangi ro‘yxatga faqat Qirg‘iziston kiritilgan.

Ro‘yxatga quyidagi davlatlar kiradi:

Davlat Davlat
Avstraliya Italiya
Avstriya Kanada
Bahrayn Qatar
Belgiya Kipr
Bolgariya Quvayt
Bruney Qirg‘iziston
Butan Latviya
Buyuk Britaniya Litva
Vengriya Lixtenshteyn
Germaniya Lyuksemburg
Gretsiya Malayziya
Gruziya Maldiv orollari
Daniya Malta
Isroil Niderlandiya
Hindiston Yangi Zelandiya
Indoneziya Norvegiya
Iordaniya BAA
Irlandiya Ummon
Islandiya Polsha
Ispaniya Portugaliya
Ruminiya Saudiya Arabistoni
Singapur Slovakiya
Sloveniya AQSh
Tayvan Turkiya
Ukraina Fiji
Filippin Finlyandiya
Fransiya Xorvatiya
Chexiya Shveysariya
Shvetsiya Estoniya
Janubiy Afrika Respublikasi Yaponiya

Vizasiz muddatdan suiiste’mol qilish holatlariga qarshi ushbu davlatlar fuqarolariga quruqlikdagi chegaralar orqali Tailandga vizasiz yiliga ikki martadan ko‘p bo‘lmagan holda kirishga ruxsat beriladi. Mazkur cheklov Malayziya, Bruney, Indoneziya va Singapur fuqarolariga nisbatan qo‘llanmaydi.

Seyshel orollari va Mavrikiy fuqarolari uchun 15 kungacha vizasiz kirish imkoniyati alohida belgilangan. Ozarbayjon, Belarus va Serbiya fuqarolari vizani mamlakatga kelganidan so‘ng olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston fuqarolari vizani qanday rasmiylashtiradi

Uzbekistan Airways matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 15-sentabrdan O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish bilan bir qatorda, kelganda viza olish imkoniyati ham bekor qilinadi.

Viza uchun arizani Thai E-Visa tizimi orqali topshirish mumkin. Arizaga xorijiy pasport, aviachiptalar va mehmonxona bron qilinganini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerak.

Shuningdek, bir kishi uchun kamida 20 ming bat yoki oila uchun 40 ming bat miqdorida mablag‘ mavjudligini tasdiqlovchi bank ko‘chirmasi talab etiladi.

Viza rasmiylashtirish qiymati 1000 batni, ya’ni taxminan $30ni tashkil etadi.

O‘zbekiston fuqarolari uchun to‘lov AQSh dollarida Tailandning Astanadagi elchixonasi orqali qabul qilinadi.

Tailand ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, viza rejimining kuchaytirilishi xorijiy fuqarolar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar sonining ortishi bilan ham bog‘liq. Shuningdek, hukumat mamlakatdan qisqa muddatga chiqib, vizasiz qolish muddatini qayta olish amaliyotini kamaytirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Kapital.uz Tailand 2026-yil 15-iyuldan O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kunlik vizasiz rejimni bekor qilib, elektron vizani majburiy joriy etishi haqida yozgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2027-yildan jismoniy shaxslar uchun yagona bojxona to‘lovi 20% gacha kamaytiriladi
/
2027-yildan jismoniy shaxslar uchun yagona bojxona to‘lovi 20% gacha kamaytiriladi
O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlariga yangi kredit liniyalari ajratiladi
/
O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlariga yangi kredit liniyalari ajratiladi
O‘zbekiston Hindiston kompaniyalariga $3,4 mlrdlik energetika loyihalarini taklif qildi
/
O‘zbekiston Hindiston kompaniyalariga $3,4 mlrdlik energetika loyihalarini taklif qildi