MrBeast O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Amerikalik YouTube bloger ishtirokidagi tadbirga kirish bepul bo‘lib, qatnashchilar asodifiy saralash orqali tanlab olinadi
Foto: Getty Images
MrBeast nomi bilan tanilgan Jimmi Donaldson 9-oktyabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Madaniyat va san‘atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
Amerikalik YouTube bloger Toshkentda bo‘lib o‘tadigan jamoatchilik dasturida ishtirok etadi.
Tadbirga kirish bepul. Unda qatnashish istagini bildirganlar avval ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tganlar orasidan kompyuter orqali tasodifiy saralash yo‘li bilan tanlab olinadi.
Dasturda 18 yoshdan oshgan hamda Toshkentdagi tadbirda shaxsan qatnasha oladigan shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Jamg‘arma ma’lumotiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish jarayoni allaqachon boshlangan. Jamg‘arma tadbir haqidagi ma’lumotlarning yagona rasmiy manbayi ekanini qayd etgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ