“UzOman” brendi Simurg kompaniyasini sotib oldi

Kompaniya 4,6 ming kvadrat metr maydonga ega binoga egalik qiladi

“UzOman” brendi Simurg kompaniyasini sotib oldi

O‘zbekistondagi yirik institutsional investorlarning biri bo‘lgan “UzOman” “Simurg” AJ kompaniyasining egasiga aylandi.

Kompaniya avvalroq Korzinka supermarketlar tarmog‘i va Wyndham Garden mehmonxonasiga investitsiya kiritgan.

“Simurg” esa o‘z binosini ijaraga berish orqali daromad oladi. Kompaniya oyiga qariyb 100 mln so‘m ijara daromadiga ega.

Bino Toshkentdagi Temur Malik – Parkent – Maxtumquli ko‘chalari aylanmasi yaqinida joylashgan bo‘lib, sobiq radioelektron apparatura zavodi hududining bir qismini tashkil etadi. Uning umumiy maydoni 4 641,58 kvadrat metr.

“UzOman” ko‘chmas mulk yo‘nalishida ham faoliyat yuritadi. Kompaniyaning Toshkentda UzOman Tower va UzOman Square biznes markazlari mavjud.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

FNQIZ quvvatidan foydalanish darajasi yil oxirigacha 65% gacha oshiriladi
/
FNQIZ quvvatidan foydalanish darajasi yil oxirigacha 65% gacha oshiriladi
MrBeast O‘zbekistonga tashrif buyuradi
/
MrBeast O‘zbekistonga tashrif buyuradi
O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 908,6 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 908,6 trln so‘mga yetdi