FNQIZ quvvatidan foydalanish darajasi yil oxirigacha 65% gacha oshiriladi

Asosiy qurilmalar ta’mirlanganidan keyin zavodda dizel ishlab chiqarish 30% ga ko‘paydi

FNQIZ quvvatidan foydalanish darajasi yil oxirigacha 65% gacha oshiriladi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (FNQIZ) quvvatidan foydalanish darajasini yil oxirigacha 40% dan 65% gacha, keyinchalik esa yanada oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevga neft-gaz sanoati loyihalari taqdimoti chog‘ida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Korxonada asosiy texnologik qurilmalar ta’mirlandi. Natijada dizel ishlab chiqarish 30% ga, bitum 60% ga, aviatsiya kerosini esa besh barobarga ko‘paydi.

Taqdimotda zavodda mahsulot ishlab chiqarishni oshirish va uning moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish choralari ko‘rib chiqildi. Ular xomashyo yetkazib berish barqarorligini ta’minlash, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish va korxona qarzdorligini qisqartirishni o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi yana to‘liq davlat nazoratiga o‘tgani ma’lum bo‘lgandi. Korxonaning yagona ta’sischisi sifatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ko‘rsatilgan. May oyida esa zavodning 41,5% ulushi Saneg kompaniyasiga tegishli edi. 2022-yilda zavod kompaniyaga $100 mlnga sotilgan, biroq investor to‘lovni to‘liq amalga oshirmagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

MrBeast O‘zbekistonga tashrif buyuradi
/
MrBeast O‘zbekistonga tashrif buyuradi
“UzOman” brendi Simurg kompaniyasini sotib oldi
/
“UzOman” brendi Simurg kompaniyasini sotib oldi
O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 908,6 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 908,6 trln so‘mga yetdi