Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun innovatsion startap-parklar tashkil etiladi

Yangi parklar startaplarni rivojlantirish, tadbirkorlarga huquqiy, moliyaviy hamda marketing xizmatlarini ko‘rsatishga yordam beradi

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun innovatsion startap-parklar tashkil etiladi

O‘zbekistonda tadbirkorlar va innovatsion mahsulot ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida innovatsion startap-parklar tashkil etiladi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Parklar Innovatsion rivojlanish agentligi tizimida davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi. Ular innovatsion loyihalarni rivojlantirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashadi.

Yangi tuzilmalarning asosiy vazifalari startaplar va innovatsion mahsulot ishlab chiqaruvchilarni kompleks qo‘llab-quvvatlash, zarur moddiy-texnik hamda muhandislik infratuzilmasini taqdim etish, biznes-inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini tashkil qilishdan iborat bo‘ladi.

Tadbirkorlar startap-parklar orqali tashkiliy, yuridik, moliyaviy va marketing xizmatlaridan bir joyning o‘zida foydalanishi mumkin. Shuningdek, innovatsion mahsulotlarni sertifikatlash va ro‘yxatdan o‘tkazish, intellektual mulk obyektlarini himoya qilish, mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda ilgari surish hamda mahalliy va xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishda yordam ko‘rsatiladi.

Ta’lim va fan vazirligi innovatsion parklarning oliy ta’lim muassasalari hamda ular huzuridagi startap-studiyalar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari mahalliy tashabbuslar asosida startap-parklar tashkil etiladigan tuman va shaharlarni belgilaydi. Parklar faoliyatini Innovatsion rivojlanish agentligi muvofiqlashtiradi.

Parklar hududidagi ishlab chiqarish maydonlari elektron onlayn auksionlar orqali ijaraga beriladi.

Yangi parklarni moliyalashtirish ularning xo‘jalik faoliyatidan tushadigan daromadlar, ijara to‘lovlari, mahalliy hokimliklar mablag‘lari, xalqaro grantlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yevropa Ittifoqi Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalarni bekor qildi
/
Yevropa Ittifoqi Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalarni bekor qildi
O‘zbekistonda 8 oyda 18,3 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi
/
O‘zbekistonda 8 oyda 18,3 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi
O‘zbekistonda ish beruvchilar ishchi kuchi tanqisligiga duch kelmoqda
/
O‘zbekistonda ish beruvchilar ishchi kuchi tanqisligiga duch kelmoqda