Jizzaxda tadbirkorga qo‘llangan 189,5 mln so‘mlik jarima bekor qilindi
Biznes ombudsman tekshiruvida kompaniyaga elekt energiyasi uchun qayta hisoblar qonunga zid zavishda amalga oshirilgan
Фото: «РИА Новости»
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida faoliyat yurituvchi “P.” MChJ rahbarining murojaati asosida tadbirkorga nisbatan qo‘llangan 189,5 mln so‘mlik jarima bekor qilindi. Bu haqda Biznes-ombudsman xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, “Energosavdo” tuman bo‘limi xodimlari tomonidan korxonada elektr energiyasidan foydalanish holati o‘rganilib, dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Unda elektr hisoblash uskunasi kuyganligi va tablo ishlamayotgani sababli korxonaga mazkur miqdorda zarar hisoblangan.
Murojaat asosida holat “O‘zenergoinspeksiya”ning Jizzax viloyat boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida qayta o‘rganildi. Natijada qayta hisob-kitob ishlari Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” talablariga zid ravishda amalga oshirilgani aniqlandi.
Shu asosda tadbirkorga nisbatan hisoblangan 189,5 mln so‘mlik jarima bekor qilinib, uning qonuniy manfaatlari tiklandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ