O‘zbekistonda barcha turdagi jarimalar o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi

Tadbirkorlar uchun “haqlilik prezumpsiyasi” va “Birinchi xato uchun ogohlantirish” qoidalari joriy etiladi

O‘zbekistonda barcha turdagi jarimalar o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi

Barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi. Davlat korxonalari xarid qilgan tovarlar bo‘yicha tadbirkorning zakalat pulini qaytarish avtomatlashtiriladi.

Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi Xorazmda o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda hozirda 51 ta idora moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega ekani ta’kidlandi. Ayrim idoralarda jarimadan tushgan mablag‘ning bir qismi o‘zida qolishi “tekshirsa — qo‘rqadi, qo‘rqsa — to‘laydi” degan noto‘g‘ri yondashuvni keltirib chiqarayotgani tanqid qilindi.

Jarima mablag‘ yig‘ish uchun emas, sohada tartib-intizom va profilaktika uchun xizmat qilishi kerak, dedi prezident.

Shundan kelib chiqib barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi. Davlat korxonalari xarid qilgan tovarlar bo‘yicha tadbirkorning zakalat pulini qaytarish avtomatlashtiriladi.

Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi. Tadbirkorning aybi sudda isbotlanmaguncha u aybsiz hisoblanadi va unga jarima yoki boshqa taʼsir chorasi qo‘llanmaydi.

Shuningdek, “Birinchi xato uchun ogohlantirish” qoidasi joriy etiladi. Birinchi bor qoida buzgan va odamlar hayoti, sog‘lig‘i yoki mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorga kamchilikni bartaraf etish uchun 10 kun beriladi.

Nazorat organlari birinchi instansiyadan keyingi har bir sud bosqichida davlat bojini to‘laydi. Savdo-sanoat palatasi huzuridagi ekspert kengashiga bojxona, qurilish, sanitariya, karantin va veterinariya sohalaridagi nizolarni ham ko‘rib chiqish vakolati beriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezident ikkinchi atom elektr stansiyasi bo‘yicha tayyorgarlik boshlanini ma’lum qildi
/
Prezident ikkinchi atom elektr stansiyasi bo‘yicha tayyorgarlik boshlanini ma’lum qildi
Turistik startaplar uchun 1 mlrd so‘mgacha subsidiya ajratiladi
/
Turistik startaplar uchun 1 mlrd so‘mgacha subsidiya ajratiladi
Zafar Hoshimov tijorat ijarasi uchun alohida huquqiy rejim joriy etishni taklif qildi
/
Zafar Hoshimov tijorat ijarasi uchun alohida huquqiy rejim joriy etishni taklif qildi