Turistik startaplar uchun 1 mlrd so‘mgacha subsidiya ajratiladi

Yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etayotgan startaplar xarajatlarining 50% igacha qoplab beriladi

Turistik startaplar uchun 1 mlrd so‘mgacha subsidiya ajratiladi

Hukumatning 2026-yil 18-avgustdagi 443-son qarori bilan turistik startaplarni qo‘llab-quvvatlash va yangi turdagi turizm xizmatlarini amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi belgilandi.

Tasdiqlangan ma’muriy reglamentga ko‘ra, turistik startaplarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarning 50% igacha, biroq 1 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.

Bunda har yili eng yaxshi 10 tagacha turistik startap davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Xarajatlarni qoplash bo‘yicha davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali ko‘rsatiladi.

Arizalarni ko‘rib chiqish va subsidiya ajratish bilan Turizm qo‘mitasi shug‘ullanadi.

Qo‘mita raisi tomonidan turistik startap loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus komissiya tarkibi shakllantiriladi.

Komissiya ariza kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida talabgorga suhbat o‘tkazilishi haqida xabar yuboradi.

Suhbatdan so‘ng komissiya 10 ish kuni davomida talabgor va uning loyihasi belgilangan talablarga mosligini o‘rganadi.

Startaplarni baholashda, jumladan:

  • loyihaning muayyan turistik xizmatni rivojlantirishga qaratilgani;
  • uning bugungi kunda turistlar uchun dolzarbligi;
  • ilgari mavjud bo‘lmagan yoki mavjud xizmatni sezilarli darajada takomillashtiradigan yangi yechim taklif qilishi kabi mezonlarga e’tibor qaratiladi.

Mablag‘ 7 ish kuni ichida o‘tkaziladi

Agar startap xarajatlarini qoplash to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilinsa, Turizm qo‘mitasi qaror qabul qilingan kundan boshlab 7 ish kuni ichida mablag‘larni talabgorning tijorat bankidagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

Yangi tartib orqali turizm sohasida yangi xizmatlar va innovatsion yechimlarni yaratish, ularni amaliyotga joriy etish hamda istiqbolli startaplarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Zafar Hoshimov tijorat ijarasi uchun alohida huquqiy rejim joriy etishni taklif qildi
/
Zafar Hoshimov tijorat ijarasi uchun alohida huquqiy rejim joriy etishni taklif qildi
Eksport tushumini ta’minlash muddati 365 kungacha uzaytiriladi
/
Eksport tushumini ta’minlash muddati 365 kungacha uzaytiriladi
O‘zbekistonda mehmonxonalar uchun $50 mln resurs ajratiladi
/
O‘zbekistonda mehmonxonalar uchun $50 mln resurs ajratiladi