Prezident ikkinchi atom elektr stansiyasi bo‘yicha tayyorgarlik boshlanini ma’lum qildi

Hozircha ikkinchi AES qayerda qurilishi, uning quvvati va loyihani amalga oshirish muddatlari bo‘yicha ma’lumotlar ochiqlanmagan

Prezident ikkinchi atom elektr stansiyasi bo‘yicha tayyorgarlik boshlanini ma’lum qildi

O‘zbekistonda ikkinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni Xorazm viloyatida yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Gazeta.

Davlat rahbari yirik energetika va infratuzilma loyihalari haqida gapirar ekan, Jizzax viloyatida qurilayotgan atom elektr stansiyasini misol keltirdi.

Jonajon vatanimiz mustaqilligining 35 yilligida o‘zingiz ko‘rib turibsiz, qanday islohotlarni amalga oshiryapmiz, qanday loyihalarni ro‘yobga chiqaryapmiz. Bir paytlar Jizzaxda atom elektr stansiyasi bo‘lishini tasavvur qilarmidik? — dedi prezident.

Shundan so‘ng u ikkinchi atom elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha ham tayyorgarlik ko‘rilayotganini bildirdi.

Bugun sizlarga bir sirni aytmoqchiman: yaqinda ikkinchi stansiya bo‘yicha ham katta tayyorgarlik qilyapmiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Hozircha ikkinchi AES qayerda qurilishi, uning quvvati va loyihani amalga oshirish muddatlari bo‘yicha ma’lumotlar ochiqlanmadi.

Prezident energetika loyihalarini amalga oshirish zaruratini mamlakatga xorijiy investorlarni jalb qilish va ularni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash bilan bog‘ladi.

Nima uchun bu yerga investorlar kelib turibdi? Ularning birinchi savoli nima? “Men sarmoyamni olib kelaman, elektr energiyasi narxi qanaqa bo‘ladi? Kafolati qanday bo‘ladi?” deydi. Shuning uchun biz jonajon vatanimizda 2030-yilgacha olgan strategiyamizni amalga oshirib, hammasini joy-joyiga qo‘yib, elektr energiyasini kafolatli qilmasak, tannarxni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qilmasak, kim bizga kelib qilib beradi? Hech kim hech qachon, — dedi davlat rahbari.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi to‘qqiz yilda Xorazm viloyatiga $7,5 mlrd investitsiya jalb qilinib, 9,7 mingta yangi quvvat ishga tushirilgan. 17-avgust kuni esa viloyatda qiymati $176 mlnlik 12 ta loyiha hamda umumiy qiymati $7,424 mlrdlik 15 ta obyektni amalga oshirishga start berildi. Ushbu loyihalar doirasida 6,6 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Turistik startaplar uchun 1 mlrd so‘mgacha subsidiya ajratiladi
/
Turistik startaplar uchun 1 mlrd so‘mgacha subsidiya ajratiladi
Zafar Hoshimov tijorat ijarasi uchun alohida huquqiy rejim joriy etishni taklif qildi
/
Zafar Hoshimov tijorat ijarasi uchun alohida huquqiy rejim joriy etishni taklif qildi
Eksport tushumini ta’minlash muddati 365 kungacha uzaytiriladi
/
Eksport tushumini ta’minlash muddati 365 kungacha uzaytiriladi