Biznes-ombudsman aralashuvi bilan tadbirkorga hisoblangan qariyb 600 mln so‘mlik jarima bekor qilindi

Tekshiruvlarda zarar summasini hisoblashda qonunchilik talablariga rioya qilinmagani aniqlangan

Biznes-ombudsman aralashuvi bilan tadbirkorga hisoblangan qariyb 600 mln so‘mlik jarima bekor qilindi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorga hisoblangan 596,8 mln so‘mlik jarima Biznes-ombudsman aralashuvidan so‘ng bekor qilindi.

Biznes-ombudsman matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tadbirkor S.M. o‘ziga nisbatan hisoblangan jarimadan norozi bo‘lib murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ tomonidan tuzilgan dalolatnoma asosida tadbirkor zimmasiga 596,8 mln so‘m miqdorida zarar summasi hisoblangan.

Murojaat yuzasidan Biznes-ombudsman xodimlari “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari bilan birgalikda holatni o‘rgangan.

Tekshiruv davomida dalolatnomani rasmiylashtirish va zarar summasini hisoblashda qonunchilik talablariga rioya qilinmagani aniqlangan.

Xususan, zarar miqdorini hisoblashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan suv bosimi, quvurning ichki diametri hamda suv sizib chiqishining davomiyligi kabi ma’lumotlar dalolatnomada to‘liq aks ettirilmagan.

Biznes-ombudsman tomonidan kiritilgan xulosa asosida “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ dalolatnomani hamda uning asosida hisoblangan qariyb 597 mln so‘mlik jarimani to‘liq bekor qilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
/
O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi
/
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi
O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda 3,3 baravarga oshdi
/
O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda 3,3 baravarga oshdi