17.3.2025 | 15:52
O‘zbekistonda Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi
Shuningdek, 1-maydan “Hamkor tadbirkor” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
Фото: Нозимахон Давлетова, Алина Цимерман и Нодирова Вахидова (слева направо)
O‘zbekistonda yetakchi ayollardan iborat Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi. Bu haqda prezident qarori imzolandi. Bu haqdagi ro‘yxat bilan havola orqali tanishish mumkin.
Bundan tashqari, “Tadbirkor ayollar” platformasi 2025-yil 1-iyulgacha ishga tushiriladi va unda quyidagilar amalga oshiriladi:
- ayol tadbirkorlarga xomashyo sotib olishga ko‘maklashish;
- o‘zaro kooperatsiyani kengaytirish va mahsulotlarni sotish uchun bozor topish;
- zarur mutaxassislarni izlash va ishga qabul qilish;
- oyihalar doirasida yuzaga kelayotgan muammolarini aniqlash va ularga yechim topish.
2025-yil 1-maydan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Hamkor tadbirkor” dasturi yo‘lga qo‘yiladi:
- o‘z biznesini tashkil etmoqchi bo‘lgan xotin-qizlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish;
- kooperatsiya asosida xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;
- mahalliy va xalqaro elektron platformalarda xotin-qizlarga o‘z mahsulotlarini joylashtirish va sotishga ko‘maklashish.
2025-yil 1-avgustgacha Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish strategiyasi tasdiqlanadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ