O‘zbekistonda suv olish qoidalarini buzganlik uchun jarima joriy etildi

Bu tartib baliqchilik xo‘jaliklari, sanoat, energetika va maishiy sohalarga ta’sir qiladi

O‘zbekistonda suv olish qoidalarini buzganlik uchun jarima joriy etildi

O‘zbekistonda suv olish tartibini buzganlik uchun jarimalar joriy etilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Baliqchilik xo‘jaliklari, sanoat, energetika va maishiy ehtiyojlar uchun suv olish qoidalarini buzgan korxonalarga quyidagi jazo choralari belgilangan:

  • belgilangan limitdan ortiq suv olinganda — har ming kub metr uchun BHMning 20%i miqdorida;
  • suv olish shartnomasi bo‘lmaganda — BHMning 30%i;
  • suvdan o‘rnatilgan hisobga olish va nazorat qilish asboblarisiz foydalanilganda — BHMning 5%i;
  • maxsus ruxsatnomasiz suv olinganda — BHMning 40%i miqdorida.

Agar xuddi shunday qonunbuzarlik jazo qo‘llanilganidan so‘ng bir yil ichida takroran sodir etilsa, jarima miqdori besh barobarga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Samarqand 2030-yilgacha zamonaviy “yashil shahar”ga aylantiriladi
/
Samarqand 2030-yilgacha zamonaviy “yashil shahar”ga aylantiriladi
Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi
/
Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi
/
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi