Suv va ichimliklarni markirovkalash tizimidagi agregatsiya 2027-yilga qoldirildi

Bu haqdagi qaror tarmoq tayyor emasligi va narxlarga salbiy ta’sir bo‘yicha e’tirozlar fonida qabul qilindi

Suv va ichimliklarni markirovkalash tizimidagi agregatsiya 2027-yilga qoldirildi

Vazirlar Mahkamasi 19-mayda qabul qilgan qarorga muvofiq, suv va alkogolsiz ichimliklarni raqamli markirovkalash tizimida agregatlash (tovar partiyalarini kuzatish) bosqichi bir yilga — 2027-yil 1-aprelgacha kechiktirildi.

Qaror bozor ishtirokchilarining ko‘plab e’tirozlariga javob sifatida qabul qilingan bo‘lib, ular tarmoqning tayyor emasligi, mexanizmlarning murakkab va yetarlicha o‘ylanmagani ishlab chiqarish sur’ati va hajmiga hamda yakuniy iste’molchi uchun narxlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlashgan. Shuningdek, ularning qayd etishicha, alkogolsiz ichimliklarni markirovkalash tizimi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida deyarli qo‘llanilmaydi, chunki bu sohada ayrim boshqa tarmoqlardagi kabi kontrafakt xavfi yuqori emas.

Qarorda aytilishicha, kechiktirish “gazlangan va gazlanmagan suv va ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish uchun texnik imkoniyatlarning to‘liq yaratilishini ta’minlash” uchun zarur.

Shuningdek, elektron hisob-fakturalarda raqamli markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etish tartibini joriy etish ham bir yilga kechiktirildi.

Soliq qo‘mitasiga raqamli markirovka tizimi operatori — Asl Belgisi (CRPT Turon) bilan birgalikda ishlab chiqaruvchilar hamda ulgurji va chakana savdo vakillari o‘rtasida raqamli markirovka mexanizmlarini amalda qo‘llash bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini olib borish topshirildi.

Tadbirkorlar shuningdek markirovka qoidalarini buzganlik uchun qo‘llaniladigan jarimalar — choraklik tushumning 20 foizigacha yetishi mumkinligi, jumladan xatoliklar noqasddan sodir etilgan va faqat bitta mahsulot birligiga tegishli bo‘lgan holatlarda ham qo‘llanilishi mumkinligidan jiddiy xavotir bildirgan. Qarorda esa bu masalaga to‘xtalinmagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Aprel oyida elektromobillar savdosi deyarli ikki baravarga oshdi
/
Aprel oyida elektromobillar savdosi deyarli ikki baravarga oshdi
O‘zbekistonda raqobat va reklama qonunbuzarligi haqida xabar berganlarga pul mukofoti berilishi mumkin
/
O‘zbekistonda raqobat va reklama qonunbuzarligi haqida xabar berganlarga pul mukofoti berilishi mumkin
2026-yilda mamlakatda Volkswagen”, “Foton” va “JAC” zavodlari ishga tushiriladi
/
2026-yilda mamlakatda Volkswagen”, “Foton” va “JAC” zavodlari ishga tushiriladi