Surxondaryoda suv taʼminotiga oid $287 mlnlik loyiha amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi

Bu orqali yiliga 18,4 mln kilovatt-soat elektr energiyasi tejab qolinadi

Surxondaryoda suv taʼminotiga oid $287 mlnlik loyiha amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida “Toʻpalang” suv ombori suvidan foydalanish hisobiga Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash loyihasining amaliy natijalari bilan tanishdi.

Surxondaryo viloyatida suv xoʻjaligi tizimini isloh qilish, irrigatsiya infratuzilmasini yangilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish oid $287 mlnlik megaloyiha amalga oshirilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida oʻtgan yillar davomida katta hajmdagi qurilish, montaj ishlari amalga oshirildi. Zamonaviy mexanizmlarning yoʻlga qoʻyilishi natijasida bugun minerallarga boy ichimlik suvi viloyatning oʻnta tumani va Termiz shahriga uzluksiz yetkazib berilyapti.

Surxondaryoda markazlashgan ichimlik suvi bilan qamrov sakkiz-toʻqqiz yil oldin 47% edi. Bugun ushbu raqam 67,5% gacha oshishiga erishildi. Natijada aholining suv taʼminotidagi holati nafaqat miqdor, balki sifat jihatdan ham sezilarli yaxshilandi.

Prezident bu kabi yirik energetik, texnologik va ijtimoiy samarador loyihalarni qoʻllab-quvvatlash har jihatdan zarurligini taʼkidladi. Bunday tajribalarni kelgusida mamlakatning boshqa hududlarida ham qoʻllash mumkinligiga eʼtibor qaratdi.

Texnik jihatdan loyihaning katta yutugʻi 246 kilometr magistral va ichki tarmoqning barpo etilishi boʻldi. Bu orqali Termiz shahri, Angor, Bandixon, Qiziriq, Sherobod va Muzrabot kabi tuman markazlariga suv elektr energiya sarfisiz yetkazib berilyapti.

Mazkur tashabbus ortidan bugungi kunda 223 ta mahallada obihayot taʼminoti mustahkamlandi. Suvning qattiqlik darajasi esa ikki baravargacha kamaytirildi.

“Shimoliy” suv ishlab chiqarish inshootida tashkil etilgan Geoaxborot markazi esa tizimning real vaqtda nazorat qilinishiga sharoit yaratdi. Bosim pastlashi, avariya holatlari, suv yoʻqotish kabi masalalarni bir necha daqiqada aniqlash imkoniyati tugʻildi.

Suv taʼminoti yaxshilangani sababli hududlardagi yuzdan ortiq yer osti suv quduqlaridan foydalanishga ehtiyoj qolmadi. Bu ekologik yukni kamaytiradi.

Shuningdek, loyiha natijasida yiliga 18,4 mln kilovatt-soat elektr energiyasi tejab qolinadi. Bu mablagʻ va resurs jihatidan 18,5 mlrd soʻm iqtisod qilinishini anglatadi. Isteʼmolchilarning billing tizimiga ulanishi esa suvni hisoblashda shaffoflikni oshirdi, qarzdorlikni kamaytirdi.

Yana bir muhim jihati, bu yerdagi 10 gektar maydonda 6418 kilovatt-soat quvvatdagi quyosh panellari oʻrnatildi.

Davlat rahbari shu yerda viloyatning gidroenergiya ko‘rsatkichlari hamda sohada amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Viloyatda hali yechilmagan suv taʼminoti masalalarini tezkor hal etish boʻyicha vazifalarni belgilab berdi. Xususan, eski nasos agregatlarini energiya tejamkor texnologiyalarga almashtirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer ajratilib, imtiyozli kredit beriladi
/
Plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer ajratilib, imtiyozli kredit beriladi
Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan loyihasi bo‘yicha qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladi
/
Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan loyihasi bo‘yicha qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladi
O‘zbekistonda telekommunikatsiya bozori 2025-yilda 18,3% ga o‘sdi
/
O‘zbekistonda telekommunikatsiya bozori 2025-yilda 18,3% ga o‘sdi