SunExpress 1-avgustdan Izmir–Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Kompaniya, shuningdek, 2027-yilgacha Farg‘ona vodiysiga ham muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yishni ham rejalashtirmoqda

SunExpress 1-avgustdan Izmir–Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Joriy yilning 1-avgustidan Turkiyaning byudjet aviakompaniyasi SunExpress Izmir–Toshkent–Izmir yo‘nalishida muntazam yo‘lovchi aviaqatnovlarini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur yo‘nalish Izmir va Toshkent o‘rtasidagi ilk to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov bo‘ladi. Shuningdek, bu SunExpress aviakompaniyasining O‘zbekistonga amalga oshiradigan ilk muntazam reysi hisoblanadi.

Parvozlar 189 o‘rinli Boeing 737-800 samolyotlarida amalga oshiriladi. Aviakompaniyaning rasmiy saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, reyslar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari tongda bajariladi.

Parvozlar jadvali quyidagicha:

  • Izmirdan uchish — 20:30, Toshkentga qo‘nish — 03:10;
  • Toshkentdan uchish — 04:30, Izmirga qo‘nish — 08:05.

Bir tomonga aviachiptalar narxi 6,98 ming turk lirasidan (taxminan 1,79 mln so‘m) boshlanadi.

Kompaniya 2027-yil boshiga qadar Farg‘ona vodiysi shaharlari bilan ham muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zaviatsiya agentligi SunExpress aviakompaniyasiga O‘zbekistonda faoliyat yuritish uchun ilk ruxsatnomani 2023-yil kuzida bergan edi. Dastlab aviakompaniya Izmir–Samarqand yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yilda $180 mlrddan oshishi kutilmoqda
/
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yilda $180 mlrddan oshishi kutilmoqda
Qoraqalpog‘istonda $5 mlrdlik mayning va data-markazlar qurilishi boshlandi
/
Qoraqalpog‘istonda $5 mlrdlik mayning va data-markazlar qurilishi boshlandi
Sirdaryo viloyatiga 2026-yilda $2 mlrd investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
/
Sirdaryo viloyatiga 2026-yilda $2 mlrd investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda