O‘zbekistonda 2026-yildan steyblkoinlar uchun maxsus rejim joriy etiladi

To‘lov tizimlari blokcheyn asosida sinovdan o‘tkazilib, yuridik shaxslarga tokenlar orqali aksiyalar chiqarish imkoniyati beriladi

O‘zbekistonda 2026-yildan steyblkoinlar uchun maxsus rejim joriy etiladi

Avvalroq prezidentning O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirishga qaratilgagn qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi. Hujjat bilan Markaziy bank huzurida ustav fondi $50 mlnlik venchur fond tashkil etiladi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yilning 1-sentabrigacha mamlakatda “ochiq banking” tizimi joriy etiladi. Tizim banklar, to‘lov tashkilotlari va moliyaviy texnologiyalar bozori ishtirokchilari o‘rtasida xavfsiz ma’lumot almashinuvini ta’minlashga qaratilgan.

Bundan tashqari, 2026-yildan to‘lov vositasi sifatida barqaror tokenlar (steyblkoin) aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi.

Bunda ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasi asosida faoliyat yurituvchi to‘lov tizimini yaratish bo‘yicha pilot loyihalar amalga oshiriladi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Markaziy bank bilan birgalikda “Tartibga solish qumdoni” rejimini joriy qilish tartibi va uning amal qilish muddatini belgilaydi.

2026-yil 1-yanvardan O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan tokenlashtirilgan aksiya va obligatsiyalarni emissiya qilishga ruxsat beriladi.

O‘zbekiston hududida birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan fond birjalarida tokenlashtirilgan aksiya va obligatsiyalarni joylashtirish hamda ularning muomalada bo‘lishi uchun alohida savdo maydonchasi tashkil etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi