O‘zbekiston 2030-yilgacha fintexga $1 mlrd investitsiya jalb qiladi

Rejada Markaziy bank huzurida venchur fond va Open Banking tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston 2030-yilgacha fintexga $1 mlrd investitsiya jalb qiladi

O‘zbekistonda 2030-yilga qadar moliyaviy texnologiyalar sohasiga $1 mlrd xorijiy investitsiya jalb etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Sentabr oyi boshlarida Prezident Shavkat Mirziyoyev moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishgandi. Qayd etilishicha, bu yil moliyaviy texnologiyalar hajmi $300 mlrddan, 2030-yilga borib, $600 mlrddan oshishi kutilmoqda. 2018-yilda FinTech korxonalari 24 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda 103 taga yetgan.

Imzolangan hujjatga ko‘ra, 2030-yilga borib fintex-startaplarga $1 mlrd investitsiya jalb qilish ko‘zda tutilgan. Kutilishicha, kapital oqimi raqobatni kuchaytiradi va to‘lovlar, kreditlash hamda raqamli moliyaviy xizmatlar bozorida texnologik yechimlar joriy etilishini tezlashtiradi.

Markaziy bank huzurida $50 mlnlik venchur fond va innovatsion xab tashkil etiladi. Bu hududda fintex jamoalari uchun moliyalashtirish, mentorlik, o‘qitish va akseleratsiya dasturlari bir joyda taqdim etiladi.

Shuningdek, moliyaviy texnologiyalar sohasida 5 ming nafar mutaxassis tayyorlash va 100 ta startapni akseleratsiya qilish rejalashtirilgan. Hukumat bu orqali malakali kadrlar yetishmovchiligini kamaytirish va bank hamda to‘lov xizmatlarining raqamli transformatsiyasini tezlashtirishni maqsad qilgan.

Yana bir yo‘nalish — Open Banking tamoyillarini joriy etish bo‘ladi. Bu banklar, to‘lov tashkilotlari va fintex-kompaniyalar o‘rtasida ma’lumot almashinuvining standartlashtirilgan va xavfsiz tizimini yaratishni anglatadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Centrum Holding 2027-yil boshida IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda
/
Centrum Holding 2027-yil boshida IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda
“Kapital sug‘urta” litsenziyasi 10 kunga to‘xtatildi
/
“Kapital sug‘urta” litsenziyasi 10 kunga to‘xtatildi
Markaziy bank telefon raqami orqali hisobdan hisobga pul o‘tkazish tartibini tasdiqladi
/
Markaziy bank telefon raqami orqali hisobdan hisobga pul o‘tkazish tartibini tasdiqladi