2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi

Birlamchi uy-joy bozoriga yo‘naltirilgan kreditlar ulushi 72% ga oshdi

2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi

2025-yil davomida uy-joyga bo‘lgan talabni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan jami 21,2 trln so‘m ipoteka kreditlari ajratildi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 4,1 trln so‘mga yoki 24% ga ko‘p, deb xabar bermoqda Markaziy bank.

Hisobot davrida ajratilgan ipoteka kreditlarida birlamchi uy-joy bozoridan xonadon xarid qilish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar ulushi 11% bandga oshib, 72% ni tashkil etdi. Shu bilan birga, ikkilamchi uy-joy bozorida pasayish tendensiyasi kuzatildi.

Birlamchi bozorga yo‘naltirilgan kreditlar hajmidagi o‘sish asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobiga shakllandi. Xususan, ushbu manba hisobidan kreditlar 3 184,6 mlrd so‘mga oshgan. Shuningdek, “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ (O‘zIQMK) shartlari doirasida ajratilgan kreditlar hajmi 667 mlrd so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan yilda ajratilgan ipoteka kreditlarining 64% i markazlashgan mablag‘lar, 25% i tijorat banklarining o‘z mablag‘lari va 11% i O‘zIQMK liniyasi hissasiga to‘g‘ri keldi.

Markazlashgan mablag‘lar hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha yillik stavka 18% gacha etib belgilangan. Subsidiya xabarnomasiga ega fuqarolar uchun esa kredit foizlarining 4% qismi dastlabki 5 yil davomida davlat tomonidan qoplanadi.

Natijada, hisobot davrida birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ajratilgan kreditlarning 89% i markazlashgan mablag‘lar hisobiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, ularning 40% i subsidiya xabarnomasiga ega fuqarolarga berilgan.

Bu omillar tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlari ulushining kamayishiga olib keldi — mazkur ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 10% bandga pasayib, 25% ni tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
Prezident: O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi may oyida IPO’ga chiqadi
/
Prezident: O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi may oyida IPO’ga chiqadi