“SpaceX” IPO orqali $80 mlrdgacha mablag‘ jalb qilishi kutilmoqda

Agar IPO baholashning yuqori chegarasida o‘tsa, Ilon Mask tarixdagi ilk dollarli trillionerga aylanishi mumkin

“SpaceX” IPO orqali $80 mlrdgacha mablag‘ jalb qilishi kutilmoqda

Elon Muskga tegishli SpaceX kompaniyasi “Nasdaq” fond birjasida ommaviy joylashtirish (IPO) o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

E’lon qilingan prospektga ko‘ra, kompaniya IPO orqali $40 mlrddan $80 mlrdgacha mablag‘ jalb qilishni kutmoqda. Bu amalga oshsa, joylashtirish tarixdagi eng yirik IPO’lardan biriga aylanishi mumkin. Hozircha rekord Saudi Aramconing $25,6 mlrdlik IPO’siga tegishli.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “SpaceX”ning bozor qiymati $1,75 trlndan $2 trlngacha baholanmoqda. IPO’dan keyin ham Ilon Mask kompaniya ustidan nazoratni saqlab qoladi — u taxminan 42% lik ulush hamda ikki klassli aksiyalar tizimi orqali 85% dan ortiq ovoz berish huquqiga ega bo‘lib qolishi kutilmoqda.

Prospekt ilk bor kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlarini ham ochiqladi. Asosiy daromad manbai sifatida Starlink ajralib chiqdi. Joriy yilning birinchi choragida servis $3,2 mlrd tushum va $1,2 mlrd operatsion foyda keltirgan.

Shu bilan birga, guruh darajasida kompaniya $4,3 mlrd sof zarar qayd etgan. Tahlillarga ko‘ra, 2026-yilga borib “Starlink” kompaniya umumiy tushumining 70% dan ortig‘ini shakllantirishi mumkin.

Sun’iy intellekt yo‘nalishidagi xAI esa hozircha zarar bilan ishlamoqda. Hujjatlarda qayd etilishicha, bo‘linma 2025-yilda $6,4 mlrd yo‘qotish qayd etgan. Shunga qaramay, “SpaceX” sun’iy intellekt texnologiyalarini uzoq muddatli strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rmoqda.

Savdolar 12-iyundan boshlanishi kutilmoqda. Agar IPO baholashning yuqori chegarasida o‘tsa, Ilon Mask tarixdagi ilk dollarli trillionerga aylanishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda
/
Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
/
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi
/
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi