S&P Global Ratings NKMKning kredit reytingini BB darajasiga oshirdi

Kompaniyaning uzoq muddatli majburiyatlari bo‘yicha prognoz “Barqaror” deb belgilandi

S&P Global Ratings NKMKning kredit reytingini BB darajasiga oshirdi

S&P Global Ratings agentligi Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK)ning uzoq muddatli reytingini BB– darajasidan BB darajasiga ko‘tardi va prognozni “Barqaror” deb baholadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Reytingning oshirilishi O‘zbekistonning suveren reytingi yangilanganidan keyin amalga oshdi. Shuningdek, mutaxassislar korxonaga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash ehtimolini “kuchli” darajadan “juda kuchli” darajaga oshirdi. Bunga hukumatning mamlakatdagi asosiy soliq tushumlarining katta qismini ta’minlaydigan yirik aktivlar ustidan nazorat va monitoringni kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rishi sabab bo‘lgan.

Ekspertlar kombinantning moliyaviy barqarorligini va operatsion faoliyatining izchil ishlashini qayd etadi. Kutilishicha, kompaniya muvozanatli moliyalashtirish siyosatini davom ettiradi. Bazaviy ssenariyga ko‘ra, korporativ ko‘rsatkichlar konservativ darajada saqlanadi, xususan, qarz/EBITDA koeffitsiyenti 1x dan past bo‘lib qoladi. Bu esa davlatga dividend to‘lovlarini sezilarli darajada amalga oshirish imkonini beradi.

Reytingning pasayish xavfi korxonaning qarzdorlik keskin oshishi yoki yirik operatsion uzilishlar bilan bog‘lanadi. Biroq qisqa muddatli istiqbolda bunday holat yuzaga kelishi ehtimoli past deb baholanmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yoqilg‘i quyish shoxobchalarining besh kunlik naqdsiz tushumlari 540 mlrd so‘mdan oshdi
/
Yoqilg‘i quyish shoxobchalarining besh kunlik naqdsiz tushumlari 540 mlrd so‘mdan oshdi
O‘zbekistonda biznesni noqonuniy tekshiruvlardan himoya qilish kuchaytiriladi
/
O‘zbekistonda biznesni noqonuniy tekshiruvlardan himoya qilish kuchaytiriladi
Quruvchilar uchun yer solig‘ini hisoblash muddatlari o‘zgartirilishi mumkin
/
Quruvchilar uchun yer solig‘ini hisoblash muddatlari o‘zgartirilishi mumkin