“Solfy” O‘zbekiston Milliy banki bilan hamkorlik bekor qilinganini sud tartibida ko‘rib chiqmoqda

Fintex-platforma va uning asosiy investori Maksim Poletayev shartnoma nizosi doirasida xalqaro yuridik kompaniyani jalb qildi

“Solfy” O‘zbekiston Milliy banki bilan hamkorlik bekor qilinganini sud tartibida ko‘rib chiqmoqda

Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan “Amsterdam & Partners LLP” yuridik kompaniyasi “Solfy” fintex-platformasi hamda uning asosiy investori Maksim Poletayev manfaatlarini himoya qiladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchilik O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Milliy banki bilan hamkorlik munosabatlari to‘xtatilganidan so‘ng yuzaga kelgan. “Solfy” vakillari bayonotiga ko‘ra, Maksim Poletayev va uning hamkorlariga davlat banki xodimlari tomonidan tahdidlar bo‘lgani aytilgan.

Avvalroq tomonlar birgalikda sodiqlik dasturi ustida ishlagan. Ushbu loyiha doirasida fintex-platforma bo‘lib-bo‘lib to‘lash (rassrochka) xizmatlarini taqdim etgan.

Investor manfaatlarini himoya qilish maqsadida ishga kompaniya asoschisi Robert Amsterdam xalqaro maslahatchi sifatida jalb etilgan. U Toshkentdagi yuristlar guruhi bilan hamkorlikda ishlaydi.

Qayd etilishicha, Robert Amsterdam MDH davlatlarida, jumladan O‘zbekistonda tijorat va jinoiy ishlar bo‘yicha tajribaga ega. Hozirda “Solfy” platformasi nomini o‘zgartirib, “Sabzi” brendi ostida faoliyatini davom ettirmoqda.

Ochiq manbalarga ko‘ra, “Solfy” 2022-yilda moliya bozori mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan. 2022-yil oktyabr oyida kompaniya O‘zbekiston Milliy banki bilan ko-brending asosida bo‘lib-bo‘lib to‘lash kartalarini chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolagan. Mazkur mahsulot mijozlarga savdo tarmoqlarida tovarlarni foizsiz va ortiqcha to‘lovlarsiz xarid qilish imkonini bergan.

Investor Maksim Poletayev avval Sberbankda, jumladan boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u Rossiyada “Halva” kartasini ishga tushirgan kompaniyaga rahbarlik qilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer ajratilib, imtiyozli kredit beriladi
/
Plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer ajratilib, imtiyozli kredit beriladi
Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan loyihasi bo‘yicha qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladi
/
Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan loyihasi bo‘yicha qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladi
O‘zbekistonda telekommunikatsiya bozori 2025-yilda 18,3% ga o‘sdi
/
O‘zbekistonda telekommunikatsiya bozori 2025-yilda 18,3% ga o‘sdi