Shavkat Mirziyoyev Sojitz va BYD rahbarlarini davlat mukofotlari bilan taqdirladi

Mustaqillikning 35 yilligi arafasida xorijiy investorlar va O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shgan vatandoshlar mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev Sojitz va BYD rahbarlarini davlat mukofotlari bilan taqdirladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida bir guruh xorijiy fuqarolar hamda mamlakatdan tashqarida faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mukofotlanganlar O‘zbekistondagi investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, mamlakat iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shish hamda boshqa sohalardagi faoliyati uchun taqdirlangan.

“Do‘stlik” ordeni bilan quyidagilar mukofotlandi:

  • BYD Auto kompaniyasining Yevropadagi savdo bo‘limi bosh direktorining o‘rinbosari Ivan Cao;
  • MEDEF International huzuridagi O‘zbekiston-Fransiya biznes kengashi rahbari Klod Imoven;
  • Sojitz kompaniyasi rahbari Masayoshi Fujimoto;
  • BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl;
  • Toshkentdagi Outdoor Factory korxonasi kuzatuv kengashi raisi Turaman Sinan.

“Salomatlik” II darajali ordeni bilan:

  • Garvard universiteti qoshidagi Boston bolalar shifoxonasi loyiha menejeri Nilufar Qahorova;
  • Kanadadagi o‘zbekistonliklar assotsiatsiyasi asoschisi va “Sog‘lom yo‘l” tibbiyot markazi rahbari Nodira Yuldasheva taqdirlandi.

“Shuhrat” medali esa Janubiy Koreyaning Kvanju shahridagi migrant ayollarni o‘qitish va ularning huquqlarini himoya qilish markazi rahbari Shahlo Abdullayevaga topshirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi Toshkentda Ozarbayjon bog‘i barpo etish boshlandi
/
Yangi Toshkentda Ozarbayjon bog‘i barpo etish boshlandi
Mustaqillik kuni munosabati bilan davlat xizmatchilari qatorida Allamjonov, Qudratov va Umrzoqov mukofotlandi
/
Mustaqillik kuni munosabati bilan davlat xizmatchilari qatorida Allamjonov, Qudratov va Umrzoqov mukofotlandi
1-sentabrdan O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshadi
/
1-sentabrdan O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshadi