2025-yilda soʻm qadri 7,5% ga mustahkamlandi

Shuningdek, chet el valyutasiga talab oʻtgan yil mos davriga nisbatan 24% ga, taklif esa 26% ga oʻsdi

2025-yilda soʻm qadri 7,5% ga mustahkamlandi

2025-yil yanvar-noyabr oylarida soʻm almashuv kursi 7,5% ga mustahkamlandi. Markaziy bank tahliliga koʻra, bunga qator omillar taʼsir koʻrsatdi.

Soʻm qadri sezilarli ortishida avvalo, migrantlar yuborgan pul oʻtkazmalari keskin o‘sgani muhim rol oʻynagan. Ya’ni yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga muhojirlardan $17,3 mlrd kelib tushgan (2024-yil mos davridagidan 25% koʻp). Bu ichki valyuta bozoridagi taklifni ragʻbatlantirib, milliy valyuta qadri mustahkamlanishi jiddiy taʼsir etgan.

Oʻz navbatida eksport tushumlari sezilarli o‘sishi, xorijiy kreditlar jalb qilinishi, import toʻlovlari hajmlari barqarorlashuvi ham soʻm qadri ortishiga ijobiy turtki bergan. Yana investitsiya hajmlari, jumladan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar koʻpaygani milliy valyuta mustahkamlanishida zarur omillardan ekani qayd etilgan.

Oʻtgan 11 oy davomida Oʻzbekistonda chet el valyutasiga talab oʻtgan yil mos davriga nisbatan 24% ga, taklif esa 26% ga oʻsdi. Bunda yuridik shaxslarning valyutaga boʻlgan talabi 24% ga, taklifi 35% ga oshdi.

Mazkur tendensiya, talab bilan bir qatorda, taklifning oʻsish surʼati ham yuqori boʻlganini koʻrsatib, aynan shu omil soʻmning barqarorligi va mustahkamlanishiga sabab boʻldi, deyiladi regulyator tahlilida.

Yanvar-noyabr oylarida oltinsiz eksport tushumlari $16 mlrdga yetib, shundan $8,9 mlrdlik qismi ichki valyuta bozorida sotilgan. 2024-yil mos davridagidan yuqori darajada oʻsishni qayd etgan mazkur omillar ichki bozorda qoʻshimcha valyuta manbai boʻlib xizmat qilgan.

11 oy ichida aholi banklarga $19,4 mlrd sotgan (oʻtgan yil mos davridagidan $4,8 mlrd koʻp), $10,6 mlrd sotib olgan (2024-yil 11 oyidagiga nisbatan 25% ga koʻp).

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi