Yil boshidan Oʻzbekistonga xorijdan pul oʻtkazmalari hajmi 25% ga oshdi

Xususan, noyabrda bu koʻrsatkich yana qisqarib, $1,48 mlrdgacha tushgan

Yil boshidan Oʻzbekistonga xorijdan pul oʻtkazmalari hajmi 25% ga oshdi

Oʻzbekistonga xorijdan kelgan pul oʻtkazmalari hajmi 2025-yilning 11 oyida $17,3 mlrdni tashkil etdi.

Markaziy bankning Ichki valyuta bozori sharhida ma’lum qilinishicha, bu oʻtgan yilning yanvar—noyabr oylariga nisbatan 25% ga yoki $3,5 mlrdga koʻp.

O’tgan 11 oy davomida pul oʻtkazmalarining oylik hajmi notekis boʻlgan. Eng yuqori koʻrsatkich iyul oyida qayd etilib, oʻsha oyda mamlakatga $1,97 mlrd kirib kelgan. Keyingi oylarda pasayish kuzatilgan. Xususan, oktabr oyida oʻtkazmalar $1,86 mlrdni tashkil etgan boʻlsa, noyabrda bu koʻrsatkich yana qisqarib, $1,48 mlrdgacha tushgan.

2025-yil dekabrigacha transferlar miqdori:

  • yanvar — $1,06 mlrd;
  • fevral — $1,07 mlrd;
  • mart — $1,21 mlrd;
  • aprel — $1,43 mlrd;
  • may — $1,64 mlrd;
  • iyun — $1,78 mlrd;
  • iyul — $1,97 mlrd;
  • avgust — $1,90 mlrd;
  • sentabr — $1,83 mlrd;
  • oktabr — $1,86 mlrd;
  • noyabr — $1,48 mlrd.

Shuningdek, xalqaro pul o‘tkazmalari orqali mamlakatdan $2,4 mlrd miqdorida valyuta mablag‘lari chiqib ketgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan $157 mlnga kam.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi