Slovakiya O‘zbekiston fuqarolari uchun vizalarni soddalashtiradi

Arizalarni ko‘rib chiqish muddatini uch oydan bir oygacha qisqartirish rejalashtirilmoqda

Slovakiya O‘zbekiston fuqarolari uchun vizalarni soddalashtiradi

Slovakiya O‘zbekiston fuqarolari uchun vizalar tartibini soddalashtirishga tayyor. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra, Slovakiya tomoni viza arizalarini ko‘rib chiqish muddatini uch oydan bir oyga qisqartirishga tayyorligini bildirdi. Tomonlar, shuningdek, mehnat migratsiyasi va axborot almashinuvi masalalarini ham muhokama qildi.

O‘zbekiston va Slovakiya Volvo zavodida o‘zbekistonliklarni ishga joylashtirish imkoniyatlari haqida Slovakiya Migratsiya agentligini xabardor etish borasida kelishuvga erishdi.

Bundan tashqari, bo‘lajak mehnat migrantlari uchun slovak tili bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Yaqin orada ikki davlatning tegishli idoralari mehnat migratsiyasini tartibga solish, re-admissiya va aholi harakati masalalari bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar loyihasini ishlab chiqishni boshlaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yoqilg‘i quyish shoxobchalarining besh kunlik naqdsiz tushumlari 540 mlrd so‘mdan oshdi
/
Yoqilg‘i quyish shoxobchalarining besh kunlik naqdsiz tushumlari 540 mlrd so‘mdan oshdi
O‘zbekistonda biznesni noqonuniy tekshiruvlardan himoya qilish kuchaytiriladi
/
O‘zbekistonda biznesni noqonuniy tekshiruvlardan himoya qilish kuchaytiriladi
Quruvchilar uchun yer solig‘ini hisoblash muddatlari o‘zgartirilishi mumkin
/
Quruvchilar uchun yer solig‘ini hisoblash muddatlari o‘zgartirilishi mumkin