O‘zbekistonda energetika investorlari kengashi tashkil etiladi

Yangi tuzilmaga Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi

O‘zbekistonda energetika investorlari kengashi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Yoqilg‘i-energetika sohasida investorlar kengashi tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotda ma’lum qildi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, energetika loyihalari katta sarmoya va murakkab infratuzilmani talab qiladi. Yer ajratish, elektr tarmoqlariga ulanish yoki texnik shartlarni olishdagi kechikishlar loyihalarning amalga oshirilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan ACWA, Vision Invest, DataVolt, Voltalia va EDF kompaniyalari bunday masalalarni doimiy muloqot orqali hal qilishni taklif etgan.

Ushbu takliflarni inobatga olib, prezident Yoqilg‘i-energetika sohasida investorlar kengashini tashkil etishga qaror qilganini bildirdi. Kengashga Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi. Yangi tuzilma yer ajratishdan tortib energetika obyektlarini ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayonda investorlar duch keladigan masalalarga tezkor yechim topish bilan shug‘ullanadi.

Muloqotda energetika sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Saudiya Arabistonining ACWA kompaniyasi Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Sirdaryodagi texnikumlarni jihozlab, har yili yuzlab yoshlarni energetikaning yangi yo‘nalishlariga o‘qitishni boshlamoqda.

Prezident boshqa investorlarni ham xalqaro talablarga mos mutaxassislar tayyorlashda ishtirok etishga chaqirdi. Bunday tashabbuslar doirasida investorlarga hududlardagi texnikumlarni boshqaruvga berishga tayyorlik bildirildi.

Shuningdek, kelasi o‘quv yilidan mahalliy oliy ta’lim muassasalarida energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi. Dunyoning yetakchi universitetlarida tahsil olish uchun har yili 50 nafar yoshga davlat granti ajratiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda yana ikkita atom elektr stansiyasini qurish rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda yana ikkita atom elektr stansiyasini qurish rejalashtirilmoqda
Markaziy bank uchinchi chorakda mijozlaridan eng ko‘p shikoyat tushgan banklar ro‘yxatini e’lon qildi
/
Markaziy bank uchinchi chorakda mijozlaridan eng ko‘p shikoyat tushgan banklar ro‘yxatini e’lon qildi
O‘zbekistonda 2030-yilgacha 22 GVt yangi quvvatlarni ishga tushirish rejalashtirilgan
/
O‘zbekistonda 2030-yilgacha 22 GVt yangi quvvatlarni ishga tushirish rejalashtirilgan