Raqobat qo‘mitasi yonilg‘i quyish shoxobchalarida 22 mln so‘m noto‘g‘ri hisoblanganini aniqladi
Xususan, 3 ta AYOQSHlarda sifatsiz AI-92 hamda AI-95 markali benzin sotilgan
Фото: K-News
Raqobat qo‘mitasi tomonidan hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida (AYOQSH) sotilayotgan avtobenzin yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Toshkent viloyatida faoliyat olib boruvchi “BLACK GOLD ENERGY” MCHJ (AI-92 hamda AI-95 markali) hamda “SAFOMAX OIL” MCHJ (AI-92 markali)larda sotilayotgan yuqori oktanli avtobenzinlardan olingan namunalarning sifat tahlil natijalari davlat standarti talablariga mos emasligi aniqlandi.
Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan “HAPPY OIL” MCHJga qarashli AYOQSHda sotilayotgan AI-95 markali avtobenzin yoqilg‘isidan olingan namunalari Toshkent markaziy nazorat-kimyo laboratoriyasida tekshirilganda, mazkur markali avtobenzin sifatsiz ekanligi aniqlangan.
Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan 3 ta xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, jami 22 mln so‘mga yaqin pul mablag‘larini iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ