O‘zbekistonda ayrim shifokorlarning oylik lavozim maoshlari 20% ga oshiriladi

Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat to‘liq stavkada faoliyat yuritadi

O‘zbekistonda ayrim shifokorlarning oylik lavozim maoshlari 20% ga oshiriladi

Prezidentning 19-maydagi farmoni bilan O‘zbekistonda ayrim shifokorlarning oylik lavozim maoshlari 20% ga oshiriladi.

Farmonga ko‘ra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi:

  • sayyor tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot xodimlariga oylik lavozim maoshi yoki bazaviy tarif stavkasining 50%i miqdorida;
  • tibbiyot brigadasiga belgilangan me’yorlardan 10% ortiqcha qo‘shimcha biriktirilgan aholining har biri uchun mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 0,3%i miqdorida — shaharlarda, 0,5%i miqdorida — tumanlarda;
  • oila salomatligi bo‘yicha maxsus o‘quv dasturi asosida tashkil etiladigan kurslarning barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli tugatgan tibbiyot xodimlari uchun sertifikatga muvofiq bazaviy tarif stavkasining 100%i miqdorida.

Tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) markaziy shifoxonalarida shifokorlarning oylik lavozim maoshlari — 20%, o‘rta tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshlari — 10% miqdorida oshiriladi.

Tajriba-sinov loyihasi doirasida oilaviy poliklinikalar va tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) asosida oylik lavozim maoshining 100% igacha miqdorda ustama joriy etiladi.

Shuningdek, oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat to‘liq stavkada faoliyat yuritadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi